Nazorat uchun savollar
Quritish haqida tushuncha.
Quritish apparatlari haqida tushuncha.
Quritkichlarning nazariy hisobi.
Real quritkichlarning moddiy balansi.
Real quritkichlarning issiqlik balansi.
Real quritkichdagi diagrammada tasvirlash.
Issiqlik sarfi va havo sarfini aniqlash formulalari.
Amaliy mashg`ulotni chuqurlashtirish maqsadida aqliy hujum, klaster, elpig’ish usullari va 3x3 texnologiyalaridan foydalaniladi.
Adabiyotlar:
1. N.R. Yusupbekov, H.S. Nurmuhammedov, S.G. Zokirov “Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalar” 2003 yil.
2. Z. Salimov, I.S. To`ychiyev “Ximiyaviy texnologiya protsesslari va apparatlari” 1987 yil.
3. N.R. Yusupbekov, H.S. Nurmuhammedov, P.R. Ismatullayev, S.G. Zokirov, U.V. Mannonov “Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarining asosiy jarayon va qurilmalarining hisoblash va loyihalash” 2000 yil.
4. Pharmaceutical Process Engineering, Second Edition, Anthony J. Hickeyand David Ganderton, NY, USA, v.195
16-LАBORАTORIYA ISHI
Mavzu: Quritish jarayonining kinetikasi
Ishning maqsadi: Quritish tezligini qisqa vaqt davomida material namligini kamayishi orqali aniqlash.
Ishning ahamiyati: quritish egri chizig’I yordamida havoning nisbiy namligini aniqlash.
Ishning nazariy asoslari
Materiallarni quritish jarayonida namligini yo’qotish murakkab masalalardan hisoblanadi. Avval namlik materialning ichki qismlaridan uning yuzasiga tarqaladi, so’ngra material yuzasidan tashqariga chiqib ketadi. Material tarkibidan namlikning bug’latib chiqarish intensivligi t material yuzasi birligi F dan, vaqt birligi ichida bug’langan namlikning miqdori bilan o’lchanadi:
(16.1)
bu yerda W - quritish paytida materialdan ajralib chiqqan namlik massasi; g - quritish jarayonning umumiy vaqti.
Namlikning bug’lanish intensivligi, nam material va atrof-muxit o’rtasidagi issiqlik va massa almashinish mexanizmiga bog’liq. Bu mexanizm juda murakkab bo’lib, ikki bosqichdan iborat
a) namlikning material ichida siljishi;
b) material yuzasidan namlikning bug’lanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |