1-semestr 1-lаborаtoriya ishi mavzu: Farmatsevtik injiniring fanidan fizik kattaliklar va ularni o’lchash. Maqsad
Real quritgichning moddiy va issiqlik balanslari
Download 0.54 Mb.
|
1-semestr 1-lаborаtoriya ishi mavzu Farmatsevtik injiniring fan-www.hozir.org
Real quritgichning moddiy va issiqlik balanslari. Real quritkichlardagi protsess nazariy quritishdagi protsessdan shu bilan farq qiladiki, bunda I2 ≠ I1bo’ladi. Bunga sabab shuki, real quritkichlarda issiqlikning bir qismi atrof-muhitga yo’qoladi. Ayrim paytlarda quritish kamerasiga qo’shimcha issiqlik kiritiladi (15.3-rasm).
Uzluksiz ishlaydigan quritkichning moddiy balansini tuzish uchun quyidagi belgilarni qabul qilamiz: G1 – nam materialning massasi, kg/soat; W1 – uning namligi, %; G2 – quruq materialning massasi, kg/soat; W2 – uning namligi, %; W – bug’langan namlik miqdori, kg/soat; L – havoning sarfi (quruq havo hisobida), kg/soat. Moddaning kirishi (kg/soat): 1) havo L; 2) havo tarkibidagi namlik Lx0; 3) nam material G1. Moddaning chiqishi (kg/soat): 1) havo L; 2) havo tarkibidagi namlik Lx2; 3) qurigan material G2.
Issiqlikning kirishi (kJ/soat); 1) havo bilan LI1 = LI0 + Qn(bu yerda: LI0– isitkichga kirgan havoning issiqligi, Qn – isitkichda havoning bergan issiqligi): 2) material bilan G1c1θ1 (bu yerda: c1 – nam materialning issiqlik sig’imi, θ1 – materialning dastlabki temperaturasi); 3) transport qurilmalari bilan Gtrctrθ’tr(bu yerda: Gtr – transport qurilmalarining massasi, ctr– transport qurilmalari materialining issiqlik sig’imi, θ’tr– transport qurilmalarining dastlabki tempetaturasi); 4) quritish kamerasiga kiritilgan qo’shimcha issiqlik qk. Issiqlikning sarflanishi (kJ/soat): 1) quritkich chiqayotgan havo bilan LI2; 2) quritilgan material bilan G2c2θ2; 3) transport qurilmalari bilan Gtrctrθ’’tr; 4) issiqlikning atrof-muhitga yo’qolishi Qy. Issiqlik balansini tuzamiz: (15.4) bundan (15.5) yoki L(I2 – I1)=∑Q. Oxirgi tenglamaning o’ng va chap tomonlarini W ga bo’lib, quyidagi ifodani olamiz: deb belgilaymiz, bo’lgani uchun (15.6)
Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling