16.2- rasm. Quritish tezligining egri chizig’i.
16.2- rasmda turli materiallar uchun quritish tezligining egri chiziqlari keltirilgan. Hamma egri chiziqlar muvozanat namlikka tug’ri kelgan nuqtaga kelganda tugaydi. Quritish tezligi egri chiziklarining ayrimlarida ikkinchi kritik nuo’ta K2 mavjud bo’ladi. Ko’pincha bu nuqta adsorbsion namlik ajralib chiqishining boshlanishiga tug’ri keladi.
Quritish va quritish tezligi egri chiziqlaridan shu narsa ko’rinib turibdiki, quritish jarayonni ikki davrga bo‘linar ekan.
Birinchi davrda quritish tezligi asosan tashqi diffuziyaga bog’liq bo’ladi. Materialning ichida namlikning diffuziyalanish tezligi katta qiymatga ega bo’ladi, biroq bu xolat namlikning material yuzasida berilish tezligini belgilaydi.
Ikkinchi davrda quritilayotgan material ichidagi bog’langai namlik ajrala boshlaydi. Quritish tezligi asosan material ichidagi namlikning tarqalish tezligiga bog’lik.. Shu sababli ikkinchi davrda quritish tezligiga, material tarkibi bilan bog’liq bo’lgan parametrlar ta’sir ko’rsatadi.
Ishni bajarish tartibi
1. Quritgich, ventillyator, elektr isitkich, quruq va ho’l termometrlarning xolati tekshiriladi.
2. 150 — 200 g nam material quritishga tayyorlanadi.
3. Nam material tortib, olinib, quritish kamerasiga joylashtiriladi.
4. Faqat laborant ishtirokida quritgich ishga tushiriladi.
5. Ma’lum vaqt ichida materialning og’irligini aniqlab, quritish jarayoni tekshiriladi.
6. Har 5 min. (4 marta) ventilyator to’xtatilib materialii og’irligi aniqlanadi, so’ng ventilyator yana ishga tushiriladi.
7. Materialning og’irligi har 10 minutda to’rt marta, so’ngra xar 15 minutda to’rt marta tortilib, og’irligi aniqlanadi.
8. Material muvozanat namligiga yetguncha quritish jarayoni davom ettiriladi va tortilgan oxirgi materialning og’irligiga teng bo’ladi (demak, G = const )
9. Tajriba natijalari 16.1 jadvalga quyidagi shaklda yoziladi.
Tajriba boshlanish vaqtining o’zgarishi τ, min
|
Nam materialning og’irlgi G, kg
|
Nam materialning og’irligining kamayishi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |