1-Seminar. Mavzu: Xronologiyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti. Vaqtning dastlabki o‘lchov birliklari. Reja


Xronologiya, numizmatika, metrologiya, paleografiya, tarixiy geografiya, tarixiy metrologiya, sfragistika, geneologiyaбtoponimika


Download 18.84 Kb.
bet2/3
Sana02.01.2022
Hajmi18.84 Kb.
#191426
1   2   3
Bog'liq
Yordamchi Tarix Seminar 1 ga javob

2.Xronologiya, numizmatika, metrologiya, paleografiya, tarixiy geografiya, tarixiy metrologiya, sfragistika, geneologiyaбtoponimika.

Xronologiya - (yunon. xronos - vaqt, logos-tushuncha, bilim; vaqt haqida tushuncha) qadimgi xalqlar orasida va mamlakatlarda amalda bo‘lgan yil hisobi va taqvimni o‘rganuvchi soha. Muayyan bir vaqtdan boshlab tarixni hisoblab borish haqidagi fan, voqealarning tarixi, vaqti ketma-ket ko'rsatib tuzilgan jadval yoki yozilgan ro‘yxat. Abu Rayhon Beruniyning «Osor ul-boqiya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar») nomli asari turli taqvimlarni o‘rganishga bag‘ishlangani uchun Yevropada «Xronologiya» nomi bilan mashhur
Numizmatika (numismatics. Lotinchadan numisma - moneta, tanga) - yordamchi tarix fani sohasi bo‘lib, tangalar va tangalardan iborat xazinalarni tarixiy, iqtisodiy, madaniy yodgorlik sifatida o‘rganadi. Numizmatika shuningdek, Tangalarni zarb qilish ishlarini ham o‘rganadi. tangalar va ularning tarixini o‘rganuvchi yordamchi tarix fani sohasi, tangashunoslik. Qadimiy pullarni, ashyosi, shakli, vazni, yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaqtini tekshiradi.

Metrologiya- o‘lchovlar haqidagi fan, (yunon. metron - o‘lchov, logos - tushuncha, bilim; o‘lchovlar haqida tushuncha) o‘tmishda turli mamlakat va xalqlar orasida amalda bo‘lgan og‘irlik, masofa va sath olchovlarini o‘rganadi.

Paleografiya- (yunon. paleos - qadimiy, grapho - yozaman; qadimiy yozuv) yordamchi tarix fani sohalaridan biri bolib, yozuv, grafik shakllar tarixini o‘rganadi. Paleografiyaning alohida tarmoqlari mavjud bo‘lib, ular yozuv belgilarni, yozuv ashyolarini, yozuv qurollarini, filigran (suvtamg‘a - qog‘ozga oddiy qaraganda ko‘rinmaydigan qilib tushirilgan, yoruqqa tutganda ko‘rinadigan raqam, surat, belgi) larni, qog‘ozdagi ko‘rinadigan belgilarni va tasvirlarni, badiiy bezaklarni, muqovalarni va boshqa shu kabilarni ularning tarixiy taraqqiyot darajalarini o'rganadi.

Sfragistika - (yunoncha sphragis - muhr), sigillografiya (lotincha sigillum - muhr va yunoncha grafo - yozaman) tarix fanining muhrlarni o‘rganadigan sohasi. Muhr deb qattiq materialdan yasalgan shtamp - matritsa va uning hujjatdagi izi, tasviriga aytiiadi.

Genealogiya - (yunoncha genealogiya - shajara, geneos - avlod va logos - bilim) yordamchi tarix fani sohasi bo‘lib, avlodning (sulolaning) kelib chiqishi, urug‘ va oilalarning kelib chiqishi, ayrim shaxslar tarixi va qarindoshlik aloqalarini o‘rganadi. Uning amaliy sohasi shajaralar tuzishdir


Download 18.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling