3.Xronologiya fani predmeti nimani o‘rganadi?
Xronologiya – turli xalqlarning turli tarixiy davrlarda vaqtni qanday hisoblashgani, kalendarlari, tarixiy voqealarning sanalarini aniqlaydi. Xronologiya yunoncha sо‘z bо‘lib, “xronos” – vaqt, “logos”- fan, ya’ni vaqtni о‘rganish haqidagi fandir. Xronologiya vaqtni о‘rganadigan fan sifatida XVI asrda vujudga keldi.
4.Xronologiyaning maqsadi va vazifalari nimadan iborat?
Xronologiya vaqtni о‘rganish, hisoblash haqidagi fan sifatida ikki qismga bо‘linadi: astronomik (matematik) va tarixiy xronologiYа. Astronomik xronologiya - osmon jismlarining siljishini matematik hisob asosida astronomik davrning vaqtini aniqlaydi.
Insoniyatning xо‘jalik hayotdagi ehtiyoji vaqtni hisoblash zaruratini yuzaga keltirdi. Qadimda vaqtni hisoblashda tabiatning doimiy takrorlanib turuvchi hodisasi bо‘lgan sutka, kun, tun, oy fazalarining о‘zgarishi, yerning yillik aylanma harakatidan foydalanilgan. Asta-sekin vaqtni aniq hisoblashga bо‘lgan ehtiyoj yuzaga keldi. Buning uchun osmon jismlari harakatini, astronomiyani bilish zarur edi. Bundan tashqari, kun, oy, yillar о‘rtasidagi farqlarni aniqlash zarurati ham tug‘ildi. Buning uchun esa matematik hisob-kitobni puxta bilish lozim edi.
Xronologiyaga oid bilimlar dastlab Misr, Bobil, Yunoniston va Rimda shakllandi va yunon va rimlik olimlar Erot Kalipp, Gipparx, Varron, Ptolomeylar katta hissa qо‘shganlar. Milodiy II asrda ishlab chiiilgan Gipparx va Ptolomey jadvali Ulu-bek davrigacha eng ishonchli manba bshlib xizmat iilgan.
5.Tarixiy xronologiya deganda nimani tushunasiz?
Tarixiy xronologiya tarixiy taraqqiyot davomida vaqtni hisoblash tizimini о‘rganadi, ularning о‘zaro bog‘liqligini, vaqtlarni bir hisob tizimidan ikkinchisiga aylantirish uslublarini ishlab chiqadi. Tarixiy xronologiya tarixiy vaqtni hisoblashda amalda foydalanadi va tarixiy manbalardagi sanalarning aniqligini tahlil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |