35.3-mashq.
“Niyating – yo`ldoshing” mavzusida matn yarating. Matnda fe’l
kesimli va ot kesimli gaplar navbat bilan almashib kelishiga erishing.
Uyga vazifa
35.4-mashq.
Fe’l kesimli gaplarni ot kesimli gaplarga almashtirib,
ko‘chiring. Almashtirib bo‘lmasa, sababibi tushuntiring.
1.Dunyodagi eng og‘ir yuk hasad yukidir. Chunki hosid butun dunyodagi shod
va masrur odamlarning qayg`ularini o’z ustiga yuklab yuradi. (Aristotel) 2. Hasad
o`sib-o`sib g`arazga, g`araz fitnaga aylanadi. Fitna esa har qanday razolatning
onasidir. (O`.Hoshimov) 3. Olimlar orasidagi hasad jamiyat uchun ofatdir. (T.Malik)
35.1-topshiriq.
Berilgan so‘zlardan bаrnо, dаvlаtmаnd, erinchаk, mаg‘lub,
surbеt, hаyoli, himоya, mudоfаа, huzur-hаlоvаt so‘zlarining antonimlarini
aniqlang: mehnatkash, g‘olib, andishali, uyatsiz, chorasizlik, hujum, azob-uqubut,
xunuk, kambag‘al.
36-dars
MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH
36.1-topshiriq.
Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing. Undagi asosiy fikr
ifodalangan uchta gapni aniqlang.
Nazmda ham asl anga ma’ni durur,
Bo`lsun aning surati har ne durur.
Nazmki ma’ni anga marg`ub emas,
Ahli maoniy qoshida xo`b emas.
Nazmki ham surat erur xush anga,
Zimnida ma’ni dog`i dilkash anga.
Yo Rab, ani xalq dilafro`zi et,
Xasta Navoiyg`a dog`i ro`zi et.
36.2-topshiriq.
Berilgan mavzulardan matn uchun mosini tanlang: “Surat va
ma’ni”, “Zohir va botin”, “So‘zсhi holin boqma…”.
36.1-mashq.
Matndagi ajratilgan so‘zlarning ma’nodoshlari qatorini davom
ettiring.
Uyga vazifa
Do'stlaringiz bilan baham: |