1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

 
63.1-mashq. 
Gaplarni ko‘chiring. Har bir gapdagi asosiy e’tibor 
qaratilayotgan bittadan gap bo‘lagini aniqlang. 
1.Olim bo`lishga ahd qilgan odam o`z ilmini kasb qilib olmasligi va uni mol 
topish vositasiga aylantirmasligi lozim. (Farobiy) 2.Donishmand va olimlar 
xulqidan o`rnak olish yaxshi xulqni tiriltiradi, yomonni yo`q qiladi. (Beruniy) 3. 
Olimlarning ilmi xalqqa mash’aldur. Mash’al bo`lgach qorong`ida kishi 
adashmaydur. (Yusuf Xos Hojib) 4. Ustod, muallimsiz qolganda zamon
Nodonlikdan qora bo`lurdi jahon. (Abdurahmon Jomiy) 5. Ahli ma’ni guruhida 
zinhor, Hech or aylama gadolig`din. (Alisher Navoiy) 6. Pir oldida topqusi murodin 
biling, Har kimki agar shogirdi sodiq bo`lg`ay. (Bobur) 
63.2-mashq
. Har bir gap bo‘lagini kesimning oldiga navbatma-navbat qo‘yib 
gaplarni ko‘chiring. Gap mazmunida qanday o‘zgarish bo‘layotganini aniqlang. 
1. Dono suhbatidin bosh tortsa nodon, Davrondan yaxshilik ko`rmas hech 
qachon. (Abdurahmon Jomiy) 2. Hech kim ustodsiz topmas jahonda izzat-u joh, 
Nechakim hashmat bila Iskandari davron erur. (Poshshoxo`ja) 3. Oqillar oldida aql 
tarozisiga sig`magan so`zlarni gapirsangiz, xijolatda qolasizlar. (Ahmad Donish) 4. 


O’z shogirdlarida mehnatdan zavqlanish xislatlarini uyg‘ota bilgan muallim 
sharaflarga loyiq. (E.Xabbard) 5.
Tarbiyada butun ish tarbiyachiniig kim ekanligiga 
bog‘liq. (D.Pisarev) 6. Tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchilarini qanday ko‘rishni istasa, 
avvalo, uning o‘zi o‘shanday bo‘lmog‘I lozim. (V.Dal) 
Bilib oling. 
Gapda so‘zlovchi tomonidan alohida ahamiyat berilib, ta’kidlab 
ko‘rsatilgan bo‘lakning kuchli ohang bilan aytilishi gap urg‘usi (yoki mantiqiy 
urg‘u) deyiladi. Gap urg‘usini ixtiyoriy ravishda ko‘chirish mumkin: 
1. Kecha muzeyga biz bordik (biz bordik). 
2. Biz muzeyga kecha bordik (kecha bordik). 
3. Biz kecha muzeyga bordik (muzeyga bordik). 
4. Bordik biz kecha muzeyga (bordik). 
Ko‘rinadiki, asosiy fikr gap urg‘usini olgan bo‘lakka qaratilgan bo‘ladi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling