59-60.1-topshiriq.
Sutka qismlarini ifodalovchi so‘zlar lug‘atini tuzing va
nutqda qo‘llash uchun eslab qoling. Bunda ota-onangiz, buvi-buvalaringiz
yordamidan foydalaning. “Kim ko‘proq topadi?” musobaqasiga tayyorlaning.
59-60.2-topshiriq.
Sutka qismlarini ifodalovchi so‘zlar ishtirokida “Kun
tartibim” mavzusida yozma matn yarating.
61-62-darslar
MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH
61-62.1-topshiriq.
Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing.
SO‘Z SEHRI
1.Hukmnoma
O‘xshamag‘an yerda bir xotinning arzga kelishi qo‘rboshining ko‘ngliga
shubha soldi. Majhula xotinning qanday arzi bo‘lg‘anlig‘ini bilib ketishka tilasa
ham, qushbegidan ruxsat olib qo‘yg‘ani uchun mahkamadan chiqishga majbur edi.
Qo‘rboshi mahkama
eshigidan dahlizga chiqar ekan, eskigina paranjiga o‘ralg‘an
bir xotin qushbegi to‘g‘risig‘a to‘xtab, bukilib ta’zim qildi. Xotinda hayajon va
entikish holatlari bor edi. Shuning uchun qo‘rboshining boyag‘i
shubhasi yana
kuchaydi, qushbegining ko‘zidan yo‘qolib turish maqsadida o‘zini eshikning
orqasiga olib, ketmay to‘xtadi.
Xotin
shoshilib kavshini yeshdi-da, eshik ostida nimanidir paranji ichidan
oxtarindi. Xotinning bu harakatiga tushunolmay ajablangan qushbegi:
− Ichkariga kirib arzingizni so‘zlang, opa, − dedi.
Xotin ichkariga kirdi va qushbegi oldig‘a borib,
unga nimadir berdi-da,
orqasig‘a qaytib, eshik yonig‘a kelib turdi. Xotinning berib ketkan narsasi uch, to‘rt
buklangan bir qog‘oz edi. Qushbegi sekin-sekin qog‘oz taxtlarini ocha boshladi...
− Xudo rizosi uchun tezroq. Yo‘qsa... ikki gunohsizning qonlarig‘a botarsiz!
Xotinning bu so‘zidan a’yon bir-birlariga qarashdilar. Qushbegi tez-tez
qog‘oz taxlarini ochib bitirdi va yo‘g‘on qalam bilan
yozilgan uzun bir maktubni
o‘qumoqqa oldi.
Maktubni o‘qub chiqish uzoqqa cho‘zilg‘anliqdan nihoyatda toqatsizlashgan
edi. Oxirda qushbegi maktubning so‘ngrog‘ig‘a kelib to‘xtadi-da, chaqirdi:
− Pirmat, Pirmat!
Do'stlaringiz bilan baham: