1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Ajratilgan so‘zlar qaysi turkumdagi so‘zlarga bog‘lanib


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

Ajratilgan so‘zlar qaysi turkumdagi so‘zlarga bog‘lanib 
kelayotganini, lug‘atdan esa ularning ma’nosini aniqlab, lug‘at daftaringizga 
ko‘chiring. 
Izoh uchun so`zlar: ulug`, ilmlar, bobo, avlod, dafn etilgan, islom 
huquqshunosligi. 
57.2-topshiriq. 
Matn mazmunini uchta gap bilan ifoda eting.
 
57.3-topshiriq. 
Uch gap mazmunini bir sodda gapda bering.
 
57.2-mashq. 
Tuzgan sodda gapingizni matnning asosiy g‘oyasi bilan 
qiyoslang va qayta ishlang.
57.3-mashq. 
Ma’nodosh so‘zlar lug‘atidan foydalanib, matndagi aniqlovchi 
vazifasida kelgan so‘zlarni ma’nodoshlari bilan almashtirish mashqini bajaring.
Foydalanish uchun so`zlar: padari buzrukvor, ota, shamshod, tik, sanobar. 
Savol va topshiriqlar 
1. Matn qaysi alloma haqida? 
2. Olim qayerlik? 
3. U kishi fiqh ilmida qaysi darajaga ko`tarilgan? 
4. Sayyid Sharif kim? 
5. Ustozi Navoiyga qanday munosabatda bo`lgan va nima deb murojaat 
etardilar? 
Uyga vazifa
57.4-topshiriq. 
Matndan parcha yod oling. 
57.5-topshiriq. 
Mantiqiy zanjirdan tashqaridagi jumlani tanlang.
1. Adab irfon ilmi ichradur sham. (Anbar Otin) 2. Xulqi to‘g‘ri bo‘lgan kishi 
to‘rga chiqadi. (Yusuf Xos Hojib) 3. Har bir kishi kasb-korni mukammal bilmog‘i,
yaxshi tarbiya olmog‘i va yaxshi xulq-odob, fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak. 
(Abu Nasr Farobiy) 4. Hayot eng yaxshi murabbiydir. (“Otalar so‘zi”) 5. O‘zingni 
shubhadin yiroq tut. (Muhammad Siddiq Rushdiy) 
 
58-dars 
NAZORAT ISHI 
58.1-topshiriq. 
Matnni diqqat bilan o`qing.
ZАG`CHA VA QARG`ALAR 
Bir Zаg‘cha o‘z qavmidagi boshqa zаg‘chalardan bo‘ydorroq, bo‘laliroq edi. 
Shu bois u o‘z urug‘idan jirkanib, qarg‘alar jamoasi huzuriga bordi va ular bilan 
birga yashamoqchi bo‘lganini aytdi. Ammo Zаg‘chaning turqi ham, ovozi ham 
qarg‘alarga yot edi, shuning uchun bu qushga ro‘yxush bermay, cho‘qib-cho‘qib 
haydab yuborishdi. Quvilgan Zаg‘cha o‘z urug‘lari oldiga qaytib keldi, lekin 
zаg‘chalar bu takabbur qushdan nafratlanib, uni jamoalariga qo‘shmadilar.


O‘zga yurtni afzal ko‘rib, o‘z Vatanini tark etgan kishilar shu Zаg‘chaga 
o‘xshaydilar: begona yurtda qadr-qimmat topmaydilar, o‘z Vatanlarida esa 
odamlar ulardan yuz o‘giradilar. 
(“Ezop masallari”) 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling