1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

Bilib oling 
Aniqlovchilarning bir xili narsa-buyumning belgisi (rangi, miqdori, mazasi, 
hajmi) ni bildirsa, boshqa xili narsa-buyumning kimga yoki nimaga qarashliligini 
bildiradi, yoxud boshqa tomondan nomlaydi. Shunga ko‘ra, aniqlovchilar uchga 
bo‘linadi: 1) sifatlovchi aniqlovchi; 2) qaratqich aniqlovchi; 3) izohlovchi-
aniqlovchi. Misol: Yangi (sifatlovchi aniqlovchi) binolar qishloqning (qaratqich 
aniqlovchi) husniga husn qo‘shmoqda. (Sh.R.) Kapitan (izohlovchi-aniqlovchi) 
Mansurov so‘zladi.
Narsaning qanday belgisini aniqlashiga ko‘ra aniqlovchi
 
uchga bo‘linadi: 1) 
sifatlovchi aniqlovchi; 2) qaratqich aniqlovchi; 3) izohlovchi-aniqlovchi.
Predmetning rangi, ta’mi, hajmi, miqdori, xarakter-xususiyatnini bildirib
o‘zidan keyingi bo‘lakka bitishuv yo‘li bilan tobelangan aniqlovchilarga 
sifatlovchi aniqlovchi deyiladi. Sifatlovchi aniqlovchi qanday, qanaqa, qancha, 


nechanchi, qaysi kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi va quyidagi so‘zlar bilan 
ifodalanadi: 
sifat: Yaxshi fikrlar ham eng yaxshilariga joy bo’shatib bermog’i lozim. 
(V.Shekspir); 
son: Shu orada to’rttacha samosval oldinma-ketin g’isht to’kib ketdi
(S.Ahmad); 
sifatdosh: Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi; 
olmosh: Qaysi gulni yoqtirasiz?; 
ot: Kumush qishdan, zumrad bahordan, Qolishmaydi kuzning ziynati. 
ravish: Ko‘p odamlar bundan bexabar edi; 
taqlid: Qir tomondan g‘ir-g‘ir shabada esib turibdi.
Predmetning kim, nima yoki qayerga mansubligi, qarashliligini bildirib, 
o‘zidan keyingi bo‘lakka moslashuv yo‘li bilan tobelangan aniqlovchilarga 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling