1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

 
55-dars 
MUMTOZ MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH 
 
55.1-topshiriq.
 Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing. 
Yana turk lafzining mahbub jonibidin yasanmog‘i muqobalasida sort
lafzida orosta va oroyish lafzi bor. Ammo bezanmak muqobalasida
demaydurlar va ul yasanmog‘ning mubolag‘asidur va ani mundoq debdurlarkim,
Bayt:
Erur bas chu husn-u malohat senga,
Yasanmoq, bezanmak ne hojat senga.
Va xo‘blarning ko‘z va qoshlari orasinki, qabog‘ derlar, forsiyda bu uzvning oti 
yo‘qtur. “Masnaviy”da bir jamoat xo‘b ta’rifida mundoq deyilibdurkim, 
Bayt:
Mengizlari gul-gul, mijalari xor,
Qabog‘lari keng-keng, og‘izlari tor. 
(Alisher Navoiy, “Muhokamat ul-lug`atayn”) 
 
55.1-mashq. 
Matn mazmunini bayon eting. 
55.2-topshiriq. 
Matndagi ajratilgan so‘zlarning ma’nolarini quyida berilgan 
izohlar orasidan aniqlang va lug‘at daftaringizga qayd qiling: 1) tana a’zosi; 2) 
yuzdagi xol; 3) nutq hosil qiluvchi a’zo; 4) bezak, bezalgan; 5) qarshilik; 6) ko‘z 
kosasini qoplovchi; 7) ochilib-yopilib turadigan teri; 8) poliz o‘simligi. 
55.2-mashq. 
Matnning tarkibiy qismlarini bog‘lovchi so‘zlarni aniqlang.
55.3-mashq. 
Quyidagi so‘zlardan foydalanib, matndagi to‘ldiruvchi vazifasida 
kelgan so‘zlarni ma’nodoshlari bilan almashtirish mashqini bajaring: o`rtasi, 
o`zingga, nutq, tavsif. 
Savol va topshiriqlar 
1. Matnda qaysi so`zlarning fors tilidagi muqobili haqida so`z boradi? 
2. Bu so`zlarning forsiy muqobilini sanang. 
3. Forsiyda qaysi “uzvning oti yo`qdur”? 


4. Navoiy fikrini dalillashda nimadan foydalangan? 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling