1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

edi; 
3) uyushiq to`ldiruvchi:
Kitob va daftarlarni kеltirdi. Akamga va opamga 
xabar qildik.
4) uyushiq aniqlovchi:
 
Salqin va bahavo bog`da dam oldik. Olma (ning) va 
shaftolining hosili mo`l bo`ldi; 
5)
 
uyushiq hol:
 
Topshiriqni tеz va puxta bajardik. Bugun va ertaga mеn
navbatchilik qilaman. Shahar va qishloqda qurilish avjiga chiqqan. Quvonch va 
shodlikdan tili aylanmas edi. U shaharga o`qish va ishlash maqsadida kеlgan edi. 
Mеn sizga o`n marta, yuz marta gapirdim.
  
72.2-topshiriq.
Gaplardagi uyushiq bo‘laklarni aniqlang. Ularni shakl 
yasovchi qo‘shimchalarning qo‘shilishiga ko‘ra ikki guruhga ajratib ko‘chiring: 
1) shakl yasovchi qo‘shimchalar har bir uyushiq bo‘lakka qo‘shilgan so‘zlar; 
2) shakl yasovchi qo‘shimchalar oxirgi uyushiq bo‘lakka qo‘shilgan so‘zlar. 
1. Donishmandlik haqiqatni so‘zlamoq va tabiatga quloq tutib, unga 
bo‘ysunmoqlikdan iboratdir. (Buqrot) 2. O`zini anglash va fikrlash hamma 
odamlarga xosdir. (Buqrot) 3. Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidurlar. 
(A.Avloniy) 4. Adolatli, fanni sevuvchi aqlli hukmdor insonparvarlik 
munosabatlarini adolat talablariga moslashtirib turishi kerak. (Abu Ali ibn Sino) 5. 


Ulamolar suhbatida bo`l; pok, sof niyatli kishilarga talpin. (Amir Temur) 6. Ustoz 
va muallimlar hurmatini o`rniga qo`yganlar bu dunyoda ham, oxiratda ham savob 
topadi. (Koshifiy) 
Bilib oling 
1.Kesim uyushib kelganda uni shakllantiruvchi vositalar (zamon, shaxs-son, 
mayl, tasdiq-inkor shakllari, bog‘lama va ko‘makchi fe’llar) oxirgi bo‘lakka qo‘shiladi: 
Mavzuni yaxshi tushunish uchun, avvalo, darsni diqqat bilan tinglash, berilgan 
topshiriqlarni bajarish, muntazam takrorlash kerak. Men uzoq yillardan buyon shu 
shaharda yashab, o‘qib, ishlab kelyapman.
Agar ushbu vositalar har bir kesimga qo‘shilsa, bunday gap uyushiq kesimli 
sodda gap emas, qo‘shma gap hisoblanadi: Nutq qudratli kuch: u ishontiradi
undaydi, majbur etadi
2.Uyushiq bo`lakda ko`plik, egalik va kelishik qo`shimchasi qo`llanishi ikki xil: 
1) ko`plik, egalik va kelishik qo`shimchasi uyushiq bo`lakning oxirgisiga 
qo`shilib, barchasiga tegishli bo`ladi: Noma va arizalarning ba’zisi mirzo, muftilarga 
havola qilinar edi; 
2) gapdagi uyushiq bo`lakning har birida son, egalik, kelishik qo`shimchasi 
qo`shilishi ham mumkin: Qor sovug`i qo`llarimni va oyoqlarimni, peshonamni yalab 
tursa-da, menga juda yoqimli tuyuldi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling