1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

72.3
-
topshiriq
. Gaplardagi uyushiq bo‘laklarni bog‘lovchi vositalarni 
aniqlang.
 
1. Haqiqiy olimning so`zi, o`yi, fikri va ishi bir xil bo`ladi. (“Otalar o`giti”) 2. 
Nazariy bilimlardan hosil qilinadigan tushunchalar uzoq va chuqur tushunish
tekshirish, kashf – ijod, ta’lim olish va boshqalarga ta’lim berish yo`li bilan qo`lga 
kiritiladi. (Farobiy) 3. Er kishiga zeb-u ziynat hikmat va donishdur. (A.Navoiy) 4. 
Har bir kishi kasb-korini mukammal bilmog`i, yaxshi tarbiya olmog`i va yaxshi xulq-
atvor, fazilatlarga ega bo`lmog`i kerak. (Farobiy) 5. Olgil mandin nasihat, o`g`lim, 
ilm-u adab o`rgangin, Bo`lub bilimli ulug` xalq ichida boshqag`a ilm-u adab 
o`rgatgin. (Mahmud Koshg`ariy) 6. Ilmli bo`lishga intilish jumlayi mo`min er va 
ayollarga oliy sharafdir. (Mirzo Ulug`bek) 
Bilib oling 
Gapda uyushiq bo`lak sanash ohangi va ten bog`lovchilar vositasida 
bog`lanadi. 
Gapning uyushiq bo`lagi guruh-guruh bo`lsa, bir-biridan nuqtali vеrgul bilan 
ajratiladi: Yutib chiqish uchun ot chopqir, zotdor bo`lishi va yaxshi toblanib sovutilishi
chavondoz usta, epchil bo`lishi kеrak.
 
72.4-topshiriq.
Berilgan so‘zlarning umumiy belgisini topib, qatorni davom 
ettiring. 


1) na, goh, ... 
2) va, hamda, ... 
3) ammo, lekin, ... 
Savol va topshiriqlar. 
1. Uyushiq bo‘laklar qanday xususiyatga ega? 
2.Uyushiq bo‘laklarda grammatik shakl qanday qo‘shiladi? 
3.So‘z birikmasi va so‘z qo‘shilmasi tushunchalari uyushiq bo‘lakli gaplar bilan 
qanday aloqador?
Uyga vazifa 
72.5-topshiriq.
Geografiya darsligidan uyushiq bo‘laklar ishtirok etgan 4 ta 
gap yozing. Ularning qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanganligini, qanday 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling