73-74.2-topshiriq.
Matndagi ajratilgan so‘zlarning ma’nolarini berilgan
izohlardan aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chirib yozing va qo‘llash uchun eslab
qoling: 1) faxrlanishga arziydigan narsa, biror ijobiy xislat, xizmat yoki talant tufayli
xalq orasida taratilgan dong; 2) qani edi, koshki edi; 3) kasalliklarga davo
bo‘ladigan va malham olinadigan yoki taomni xushxo‘r qiladigan modda; 3)
o‘simliklar dunyosi, o‘simliklar; 4) ishlash, ishqalanish yoki kuyish natijasida
bo‘rtma hosil bo‘lishi; 5) tirik organizmdagi quvvat, mador, kuch; 5) ko‘pincha,
o‘tmishdagi o‘tkir tabib; donishmand, faylasuf.
73-74.3-topshiriq.
Matndagi o‘xshatishlarni aniqlang.
73-74.4-topshiriq.
O‘xshatishlarga asos bo‘layotgan so‘zlarning ushbu
vaziyatdagi va bosh ma’nolarini qiyoslang. Bosh ma’noning qaysi jihati ushbu
ma’no ko‘chishlariga asos bo‘layotganligini bayon qiling.
73-74.5-topshiriq.
Matndagi gaplarni mazmunan bog‘lovchi so‘zlarni
aniqlang.
73-74.6-topshiriq.
Matndagi siz uchun yangilik bo‘lgan hayotiy haqiqatni
tavsiflang.
73-74.7-topshiriq.
Matnga shaxsiy munosabatingizni yozma ravishda bayon
qiling.
73-74.8-topshiriq.
Matnga shaxsiy munosabatingizni og‘zaki nutq bo‘yicha
“Shaxsiy fikr” bahsida namoyish qiling.
Uyga vazifa
73-74.9-topshiriq.
Matnning biror parchasini (yoki to‘lig‘icha) yod oling.
75-dars
UYUSHIQ BO‘LAKLI GAPLARDA UMUMLASHTIRUVCHI SO‘Z VA UNDA OHANG
HAMDA TINISH BELGILARI
75.1-topshiriq.
Gaplarni ko‘chiring. Uyushiq bo‘laklar, ular bilan oldin yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |