1. Bu xabarni eshitish bilan Otabekda ko‘riladirgan o‘zgarishlarni…
hollarni… harakatlarni... barchasini birma-bir ko‘nglidan kechirar edi. 2.
Otabekdagi sukut… xayol… fikr kabi holatlarni yulib…
yulqib olib, ular o‘rniga
chechak donalari ekib, umid suvlari sepmakchi edi. 3. Ammo bu o‘zgarishlar uning
husnini… latofatini bir zarra ham kamitmay, balki o‘n qayta oshirg‘an edilar. 4. Zol
juda nafis ishlangan edi: oltin qandildagi ellilab sham’larning nuri bilan munaqqash
devorlarning oltin… kumush… ko‘k-qizil… oq-pushti… sariq-qora gullari
yulduzlardek yashnab, uyga bir xayoliylik berar edilar. 5. Majlisning shoirlari…
o‘yinchilari… childirma va dutorchilari … barchasi ham hozir bo‘lib,
faqat
Kumushbibigina hammomdan qaytmag‘an edi. (A.Qodiriy)
75.5-topshiriq.
Berilgan izohlardan qandil, munaqqash, childirma, taxmon,
sipar, chakmon so‘zlarining ma’nolarini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va
qo‘llash uchun eslab qoling: 1) naqshlangan, naqshli, naqshdor; 2) bir necha sham
yoki lampochka qo‘yiladigan
oyoqli yoki osma chiroq; chilchiroq, lyustra; 3)
yog‘och
gardishga teri qoplab yasalgan, chertib chalinadigan musiqa asbobi; doira,
chirmanda, daf; 4) uy yoki ayvon devorida: sandiq o‘rnatib, ustiga ko‘rpa-to‘shak
yig‘ib qo‘yiladigan tokchasimon maxsus joy; 5) qalqon, sovut; o‘q, nayza,
qilich
kabi qurollar zarbidan saqlanish uchun qo‘llangan, ko‘pincha, doira shaklidagi
qadimiy aslaha; qalqon; 6) odatda, jun matodan tikiladigan
erkakcha uzun qishki
to‘n.
Do'stlaringiz bilan baham: