1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

Savol va topshiriqlar. 
1. Umumlashtiruvchi so‘z nima? 
2. Umumlashtiruvchi so‘z qanday vazifa bajaradi? 
3. Umumlashtiruvchi so‘z qaysi o‘rinlarda keladi? 
4. Uyushiq bo‘laklar uchun qanday tinish belgilari qo‘llanadi? 
4.Uyadoshlik munosabati bilan uyushiq bo‘laklar orasida qanday bog‘liqlik 
bor? 
Uyga vazifa 
75.4-topshiriq. 
Matndagi gaplarda ishtirok etgan uyushiq bo‘laklar va 
umumlashtiruvchi so‘zlar orasiga zarur tinish belgilarini qo‘ying.  


1. Bu xabarni eshitish bilan Otabekda ko‘riladirgan o‘zgarishlarni… 
hollarni… harakatlarni... barchasini birma-bir ko‘nglidan kechirar edi. 2. 
Otabekdagi sukut… xayol… fikr kabi holatlarni yulib… yulqib olib, ular o‘rniga 
chechak donalari ekib, umid suvlari sepmakchi edi. 3. Ammo bu o‘zgarishlar uning 
husnini… latofatini bir zarra ham kamitmay, balki o‘n qayta oshirg‘an edilar. 4. Zol 
juda nafis ishlangan edi: oltin qandildagi ellilab sham’larning nuri bilan munaqqash 
devorlarning oltin… kumush… ko‘k-qizil… oq-pushti… sariq-qora gullari 
yulduzlardek yashnab, uyga bir xayoliylik berar edilar. 5. Majlisning shoirlari… 
o‘yinchilari… childirma va dutorchilari … barchasi ham hozir bo‘lib, faqat 
Kumushbibigina hammomdan qaytmag‘an edi. (A.Qodiriy) 
75.5-topshiriq.
Berilgan izohlardan qandil, munaqqash, childirma, taxmon, 
sipar, chakmon so‘zlarining ma’nolarini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va 
qo‘llash uchun eslab qoling: 1) naqshlangan, naqshli, naqshdor; 2) bir necha sham 
yoki lampochka qo‘yiladigan oyoqli yoki osma chiroq; chilchiroq, lyustra; 3) 
yog‘och gardishga teri qoplab yasalgan, chertib chalinadigan musiqa asbobi; doira, 
chirmanda, daf; 4) uy yoki ayvon devorida: sandiq o‘rnatib, ustiga ko‘rpa-to‘shak 
yig‘ib qo‘yiladigan tokchasimon maxsus joy; 5) qalqon, sovut; o‘q, nayza, qilich 
kabi qurollar zarbidan saqlanish uchun qo‘llangan, ko‘pincha, doira shaklidagi 
qadimiy aslaha; qalqon; 6) odatda, jun matodan tikiladigan erkakcha uzun qishki 
to‘n.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling