Eslatma
Kеtma-kеt kеlgan, lеkin sanash ohangi bilan aytilmaydigan, yozuvda orasiga
vеrgul qo`yilmaydigan aniqlovchi va hol uyushmagan aniqlovchi va uyushmagan
hol hisoblanadi. Uyushmagan aniqlovchi va uyushmagan hol o`zi bog`langan
bo`lakning turli tomoniga oid bеlgini anglatadi: Qop-qora shirin (uyushmagan
aniqlovchi) uzum g`arq pishgan. Kecha kechqurun (uyushmagan hol) yomg‘ir yog‘di.
Bugun tushdan keyin (uyushmagan hol) boramiz
.
75.3-topshiriq.
Berilgan gaplarning uyushish bilan bog‘liq umumiy belgisini
toping. Har bir guruhda bittadan gap qolgan ikkitasidan farq qiladi. Qaysi gap
ortiqcha?
1) 1. Dehqon tajribasi oshgan sayin yumushi yengillashadi: ko’p hosil oladi.
(O`.Hoshimov) 2. − Toshkanddan nimalar keltirdingiz, bek aka? — Arzimagan
narsalar: gazmol, qalapoy afzali va biroz qozon. (A.Qodiriy) 3. Uy jihozga g‘oyatda
boy, go‘yo muzaxona tusini berar edi. Taxmonda turlik rangda atlas va shohilardan
qoplang‘an ko‘rpalar, taxmon toqchalarig‘a uyilgan par yostiqlar, qator-qator
xitoyi jononlar: kosalar, ko‘zalar, chinni choydishlar, laganlar, kumush qinlik xanjar
va qilichlar, qalqon va siparlar, dorga soling‘an turlik-turlik er va xotin kiyimlari:
po‘stin, chakmon va boshqalar, qip-qizil gilam va shohi ko‘rpachalar kishi ko‘zini
qamashdirar darajada edilar. (A.Qodiriy)
2) 1. Chillak o‘yinining shafqatsizroq bir qoidasi bor: yutqazgan bola zuvlab
nafasi yetmay qolsa, bir oyoqda hakkalaydi. Qoqilib ketsami, ikkinchi oyog‘i yerga
tegsami, tamom! (O`.Hoshimov) 2. Faqat rangi har xil: oq, qora, ko‘kimtir...
(O`.Hoshimov) 3. Bu fikrim senga ma’qul tushadimi, yo‘qmi, har holda biz endi
uzoq o‘ylashib o‘lturmayliq-da, o‘z xohishimizcha qilib javob beraylik: masalan,
sovchilarg‘a rizolig‘imizni bildirib, ammo Kumushni Marg‘ilondan olib ketmaslikni
shart qilaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |