Boshida gulchambar
Porloq quyoshi,
Chamanda bulbuli
Shaydolari bor.
(E.Vohidov)
78-79.5-mashq.
Ajratilgan bo‘laklar nima maqsadda qo‘llanayotganligiga
ko‘ra gaplarni ikki guruhga ajratib ko‘chiring:
1) ta’kidlash uchun ajratilgan bo‘laklar;
2) aniqlashtirish uchun ajratilgan bo‘laklar.
1. Darvoqe, o‘tgan har bir lahza asli tarix,
adabiyot esa, asosan, kechgan
voqelik – hodisalar tasviri bilan ish ko‘radi. 2. Ammo muallif bunda o‘tmish umr
sog‘inchi yoxud odatdagi qo‘msov – nostalgiyani
maqsad qilgan emas, boshqa
dard, muddaolar ham borki, kitobni o‘qiganda anglaysiz. 3. Dastlabgisi – elektron
pochta orqali kelgan maktub Ravshan Akobirovdan edi. 4. Otdoshing –
Farhod
maktabni bitiray deb qoldi, Londonga borib o‘qimoqchi, pasport olishi kerak. 5.
Fikrni bir joyga jamlashga, ko‘p yillar burun kechgan o‘sha
voqealarni birma-bir
nazardan o‘tkazib, qay o‘rinda yoshlik qilgani – xatoga yo‘l qo‘yganini anglab
yetishga kuch topolmayotir. 6. Atay sheriklaridan qochib orqadagi bo‘sh
o‘rindiqqa o‘tib olgan safar guruhining rahbari – san’at
arbobi Farhod Ramazon
daf’atan bezovtalandi. 7. Ertaga kinofestivalda namoyish etilajak filmdagi bosh
qahramon – “qizlarning qorovuli” ham shu. 8. Bir nimalar yozib tashlagisi keladi,
ammo kunduzgi horg‘inlikmi, allaqanday qo‘rquv – jur’atsizlikmi qo‘lini
chandib, o‘rnidan qo‘zg‘atmay qo‘yadi. (E.A’zam. “Shovqin”)
Do'stlaringiz bilan baham: