1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

81.4-topshiriq.
 Qatordagi gaplarning umumiy belgisini topib, unga uchinchi 
gapni kiriting.
I. 1. Shoshmagin, ey, karvon, to‘xtagin biroz, Chashmi zilol bo‘lib dardingni 
olay. 2. Dengizing qurisa, ne ham qilursan, Qayga bosh urarsan, ey munglug‘ 


ko‘ngil. 
II. 1. Azizim, dil qasriga beso‘roq kira ko‘rma… 2. Boshing egma sira, xoksor 
banda, Erta ruhing topgay oliy ohanglar. 
III. 1. Sen bizni kechirgin, ey Navro‘zimiz, G’aflatda chalg‘idi ul kun ko‘zimiz. 2. 
O hissiz tabiat, shafqatsiz hayot, Shunday go‘zallikni bekitding qayga? 
IV. 1. 
Ko'z yoshim ko'rding, falakdin qo'l yuvgin, Mushtariy. (Amiriy)
2. Mayli, 
qulog‘ingga aytay, ey shoir, Chunki yomonlikning qo‘li balanddir. 
Savol va topshiriqlar. 
1.Undalma deb nimaga aytiladi? 
2.Gapda undalma qo‘llanganda qaysi bo‘lak tushib qolishi mumkin? 
3.Undalmaning ega bilan o‘xshash va farqli tomonlari nimada? 
Uyga vazifa
81.5-topshiriq. 
Hurmat va ehtirom bilan qilinadigan murojaatda 
qo‘llanadigan “Chiroyli murojaat so‘zlari” lug‘atini tuzing. Kichraytirish, erkalash, 
hurmat shakllaridan unumli foydalaning.
 
81.6-topshiriq. 
“Til ofati” mavzusida og‘zaki telenutq tayyorlang va sinfda 
uni namoyish etishga tayyorlaning.
 
82-dars 
UNDALMALARDA TINISH BELGILARI 
 
82.1-mashq. 
Berilgan gaplardagi undalmalarni aniqlang. Ularni undalmalarga 
xos ohang bilan o‘qing. Tinish belgilarini qo‘yib ko‘chiring.
 
1. − Robiya inon, men tirik bo‘lsam, senga balo-qazoni yo‘latmasmen! − 
Tangrim sizni ham panohida asrasin Tohir og‘a!.. Yog‘iyning ming-ming askari bor. 
Qaysi biriga bas kelursiz? Ana, qochqinlarga qarang!.. 
2. − Aya Fazliddin tog‘oyim! − dedi-yu, chopib borib darvozaning zanjirini 
tushirdi.
3. − Mulla tog‘a arava sizdanmi?
− Ha jiyanim. Ko‘ch-ko‘ronim bilan keldim. 
4. − To‘xta nobakor! − deb mulla Fazliddin bittasining qarshisidan chiqqan 
edi, yuziga qora niqob tutgan ayiqday zo‘r yigit uni yelkasi bilan urib chetlatdi-da, 
ko‘chaga otildi. 
5. Qutlug‘ Nigor xonim bolalar oldida qilingan bu kinoyadan ozorlanib:
− Qo‘ying og‘a oyi. Bu begimda ayb yo‘q! − dedi. 
6. Eson Davlat begim tomoq qirib qiynalib gapirdi:
− Amirzodam adolat siz tomonda. Lekin Mahmudxonning eshik og‘asi Tilba 
Sulton o‘ta mug‘ambir odam-da. Xonni shu odam qo‘shin yuborishga ko‘ndirgan.
(P.Qodirov, “Yulduzli tunlar”) 



Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling