1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

83.2-topshiriq. 
Berilgan izohlardan
 
matndagi ajratilgan so‘zlarning 
ma’nolarini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chirib yozing va eslab qoling: 1) 
muqaddas joylarga, mozor va qabristonlarga borib sig‘inish; hurmat yoki rasmiyat 
yuzasidan tabarruk kishilar huzuriga tashrif buyurib, holidan xabar olish; 3) ulov 
qo‘shib yer haydaladigan, metall tishli qadimgi eng oddiy yog‘och yoki temir 
asbob. 
83.3-topshiriq. 
Matndagi ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlarni aniqlang. 
 
83.4-topshiriq. 
Matndagi ko‘chma ma’noli so‘zlar qanday badiiy san’at hosil 
qilayotganini aniqlang. 
83.5-topshiriq. 
Matndagi gaplarni mazmunan bog‘lovchi so‘zlarni aniqlang. 
83.6-topshiriq. 
Matndagi sizga yangilik bo‘lgan hayotiy haqiqatni tavsiflang. 
Uyga vazifa 
83.7-topshiriq. 
Matnga shaxsiy munosabatingizni yozma ravishda bayon 
qiling.
83.8-topshiriq. 
Matnning biror parchasini (yoki to‘lig‘icha) yod oling.
 
 
84-85-darslar 
Mustahkamlash 
GAPNING UYUSHIQ BO‘LAKLARI, AJRATILGAN BO‘LAKLAR YUZASIDAN 
TAHLIL 
 
84-85.1-topshiriq. 
Matnni diqqat bilan o`qing. 
Mir Alisher Navoiy o`z g`azallarini zamonasining eng zo`r bilimdon va mohir
xattotlariga ko`chirtirardi. Nima bo`ldi-yu, o`z xattotining tobi qochib qoldi. 
Bundan xabardor bo`lgan, o`zini mashhur xattotlardan deb yurgan bir olifta kishi: 
“Rozi bo`lsa, Navoiyning xizmatini jonim bilan bajarardim”, - debdi. Shoir uning bu 
gapini eshitib, she’rlarini ko`chirtirishga berdi. Bir payt katta mushoirada g`azal 
mulkining sultoni −Alisher Navoiyning qulog`iga: “Malikush-shuaro o`zlari nuqson-
qusurga yo`l qo`yibdilarmi, boshqalardan nimani ham kutish mumkin”, - degan 
gap chalinibdi. 
Gap nimadaligini darrov fahmlagan shoir boyagina ko`chirtirgan g`azallarini 
olib o`qibdi, qarasa, o`zi aytgan gap emas emish. Maqtanchoq xattot tushmagur 
“ko`z” so`zidagi bir nuqtani tushirib qoldirganidan bu so`z “ko`r” bo`lib qolgan va 
she’r ma’nosi o`zgarib, aksincha chiqib qolgan ekan. Navoiy ahli fozillarga qarab: 

Ko`zimni ko`r qilganlar ko`r bo`lsin, - debdi-da, xattotga javob berib 
yuboribdi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling