84-85.4-topshiriq.
Matndagi ajratilgan bo`laklarni boshqa so`z yoki birikma
bilan almashtirib ko`chiring.
84-85.5-topshiriq.
Matndan bugungi kunda nutqimizda qo`llanmaydigan
so`zlarning mos izonlarini aniqlang:
1) chiroyli va aniq yozadigan odam; kalligraf;
2) she’riyatning bir janri: ikki yoki undan ortiq shoirning bir mavzuda bir-birining
fikr va tuyg‘ularini rivojlantiradigan she’r aytishish musobaqasi; 3) shoirlar.
84-85.1-mashq.
Berilgan gaplardagi uyushiq bo`laklarning tinish belgilarini
qo`yib ko`chiring.
1. Borlik yo‘qlikni mushkulot yengillikni yuzaga keltiradi. 2. Inson ilk bor dunyo
yuzini ko‘rganda nozik va zaif o‘limi oldidan esa sabotli va kuchlidir. Barcha tirik
mavjudot va o‘simliklar mavjudlikning ilk pallasida nozik va zaif o‘lim
lahzalarida
esa quruq va chirkindir. (Lao Szi) 3. Marvarid donalarining o‘rtasida bir tosh bo‘lib,
unga: “Jasorat umidsizlik shodlik”, degan so‘zlar bitilgandi. (Budda) 4. Borliq
mushtarak uzluksiz yaxlit bo‘linmas va bir jinsli voqelikdir. (Parmenid) 5.
O’simliklar tirik mavjudotlardir. Ular ham his qiladilar g‘am chekadilar quvonadilar.
Bu tuyg‘ular ularning yaproqlarida zohir bo‘ladi.
Shuningdek, o‘simliklar aql va
bilimga ham egadirlar. (Anaksagor)
84-85.2-mashq.
Ajratilgan bo`lakli gaplarni aniqlang. Ularni mos ohang bilan
o`qishni mashq qiling hamda tinish belgilarini qo`yib ko`chiring.
1. Ahmad Tanbal bugun Axsida shoh saroyida. 2. Men faqat o‘zim
chizgan
suratga o‘z ijodimga mehr qo‘yganmen xolos! Boshim omon bo‘lsa, bunday
suratni yana chizgaymen! 3. Mirzoning birinchi xotini Fotima Sulton, ikkinchi xotini
Qutlug‘
Nigor xonim, o‘n sakkiz yoshlik qizi Xonzoda begim va o‘n yashar o‘g‘li
Jahongir mirzo hammalari o‘sha tanobiy uyga yig‘ilgan edilar. 4. Xonimning xayoli
shu xatarli vaziyatda ota-onadan uzoqda Andijonda turgan yolg‘iz o‘g‘li Boburda
edi. Hazrat uni nega farzandlari qatori tilga olmadi? 5. Orqadagi mulozimlardan
ikkitasi rikobdor bilan jilovdor tez otdan tushdilar. (P.Qodirov)
Do'stlaringiz bilan baham: