Bilib oling
Undalmalar gap boshi va oxirida kelsa, bir tomondan, gap o‘rtasida kelsa,
ikki tomonidan vergul bilan ajratiladi.
82.2-mashq.
Berilgan gaplardagi undalmalarni ajratib, mustaqil gaplarga
aylantiring. Tinish belgilariga e’tibor qarating.
1. - Aziz nabiralar, siz bilmaysiz, oh, Men o‘sha cho‘qqida quchganman zafar.
2. Insondan o‘zgani demasman, do‘stim. 3. Bizlarni bir yo‘qlab kelibsan, Vafo
qilurmisan, bahorim?! (A.Oripov) 4. Amirzodam, har bir daqiqa g‘animat. Xos nav-
karlaringiz otlangan. Hammasi farmoyishingizga muntazir. 5. Hazratim, taxtingiz
pastki oshiyonda. 6. “Siz menga farzanddek yaqin bo‘lmoqchimisiz, Mirzo?” −
so‘radi Shayboniyxon muloyim tovush bilan. (P.Qodirov)
82.3-mashq.
Berilgan gaplarni birlashtirib, undalmali gaplarga aylantiring.
1. Bahor! Sendan xushnud jami kor ahli,
Xususan, shod erur xoksor ahli. (A.Oripov)
2. Xon hazratlari! Men o‘zimni Sizga qurbon qildim. Farzandimni, xon-u
monim − hammasini marhamatingizga ishonib topshirdim! (P.Qodirov) 3. Yo haq!.
- deb yo‘l olsa manzilga karvon, Yo‘l boshlagan cho‘ng noridan ayrilmas.
(A.Oripov) 4. Xaloyiq! Navro‘z musulmon-u hinduga, barcha ellar-u dinlarga
barobar bayramdur! (P.Qodirov) 5. Hazratim! Xotiringizga malol yetgan bo‘lsa uzr!
Men faqat qavmlarimning kayfiyatidan sizni ogoh qildim, xolos! (P.Qodirov) 6.
Hazrati oliylari, o‘q-dori solingan qutilarimiz kemada qolgan. Bu muhtasham
ko‘shkka o‘q-dori ko‘tarib kirishdan tortindik. Agar siz xohish bildirsangiz,
istalgancha o‘q-dori keltirib berishga tayyormiz! (P.Qodirov) 7. Odamlar! Eng
avvalo, ezgu axloqqa ega bo‘lishga harakat qiling, zero axloq qonunning
asosidir.(Pifagor)
82.4-mashq.
Berilgan gaplardagi undov so‘zlar bilan undalma orasida tinish
belgisi qo‘yilgan-qo‘yilmaganligiga e’tibor qarating.
1. Ey farzand, agar sen har qancha notiq bo`lsang ham, o`zingni bilganlardan
pastroq tutgil, toki so`z bilimdonligi vaqtida bekor bo`lib qolmagaysan. 2. Ey
farzand, o`zingni mol jam qilishdan g`ofil tutma, ammo halollik bilan mol
to`plashga harakat qil. (“Qobusnoma”) 3. Yiroq-yiroq tushsa insondan inson, Bu
holning sharhiga ne deysan, ey jon! 4.Endi bandalarga o‘zing qil shafqat, Ey oliy
joziba – Sirli Muhabbat! 5. Ka’ba qopqasida turgan, ey posbon, Avval onalarning
ochgin yo‘llarin. 6. Faqat ayriliqdan asragin, yo Rab, Do‘st-u yoronlardan qilmagin
judo. 7. Kimdir payg‘ambardan so‘radi kelib: – Ayo Rasululloh, aylagil javob.
(A.Oripov)
Do'stlaringiz bilan baham: |