82.5-mashq.
Tenglikning o‘ng tomoniga gaplarning undalmalarini boshqa
o‘rinlariga qo‘yib ko‘chiring.
1) Oftobi olam, shahar qozisi mansabi uchun muborak ko`zingiz qaysi
baxtiyorga tushdi? = ………………..
2) − Yuring, maxdum, bizni olib boring,− o`rnidan qo`zg`aldi Navoiy. =
………….
3) Sarkor, bu inimni sizga topshiramen, − dedi Sohib Doro Arslonqulni
ko`rsatib, − ishlatursiz va el qatori haq to`larsiz. = ……….
Savol va topshiriqlar
1.Undov, undalma so‘zlarining o‘zagini aniqlang.
2.Gapdan undalma ajratib chiqarilsa, qanday gap vujudga keladi va tinish
belgisi qanday qo‘yiladi?
3.Undalmali gapda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan asosiy xato nimada ro‘y
beradi?
Uyga vazifa
82.6-mashq.
Undalmali gaplarga 2 tadan misol topib yozing va undalmani
ajratib alohida gapga aylantiring. Tinish belgisini qo‘ying.
83-dars
MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH
83.1-topshiriq.
Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing.
BERUNIYNING DAM OLISH KUNLARI
Beruniy yiliga ikki martagina dam olar ekan. Birinchisi – Navro`zi olam kirgan
kuni, ikkinchisi – bug`doyga o`roq tushganda… Dillarni xushnud etib Navro`zi olam
yetib kelgan kuni erta tongdanoq o`rinlaridan turib, yuvinib-taranib, yaxshi
liboslarini kiyib, qarindosh-urug`larni, keyin yor-u birodarlarni ziyorat qilib, holidan
xabar olar ekanlar, ular bilan birga bo`lib suhbatlashar, hazil-mutoyiba qilar,
askiyalar aytishar ekanlar. Keyin to qosh qorayguncha qo`sh qo`hishar, yerga
birinchi omoch solishda qatnashar, nihol ekisharkan… Hol-ahvol so`raganlarga:
“Dam olib, hayot lazzatini totib ko`rmoqdaman”, - deb javob berar ekanlar.
Boshoqqa birinchi o`roq tushgan kuni ham dehqoncha libos kiyib olib, qo`llariga
o`roq tutib azondan to kechgacha bug`doy o`rar ekanlar. Olimni ko`rgan-
ketganlar bilan: “Horma, bor bo`l,” – qilishsa ham: “Dam olib, rizqimni
teryapman”, - deb javob berar ekanlar. Qarang-a, ulug` alloma mutolaa, kitob
yozish, tajriba o`tkazishdan yiliga ikki kun vaqt ajratib azondan to kechgacha qo`sh
qo`shib, shudgor qilishni, o`roq o`rishni o`zi uchun dam olish deb bilar ekan.
Ha, Beruniy: “Bir daqiqa vaqtni behuda o`tkazganim, halok bo`lganim”, – der
ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |