I. Bosh kelishikdagi so‘z yoki otli birikma bilan
ifodalanadigan bir tarkibli
gap.
J. Tobe so‘zning hokim so‘zga grammatik shakl yordamida emas, balki tartib
va ohang orqali bog‘lanishi.
89.1-mashq.
Atamalar ta’rifidagi mantiqiy xatolikni aniqlang.
1.
So‘z-gap — so‘z yoki ibora bilan ifodalanadigan gap.
2.
So‘roq gap — biror narsa-hodisani bilish uchun murojaatni ifodalovchi,
so‘roq mazmunli gap.
3.
Teng bog‘lanish — qo‘shma gapning qismlari
orasidagi sintaktik
bog‘lanish.
4.
Til birligi — bir-biridan ifoda materiali, tuzilishi va tizimdagi o‘rni
bilan
farqlanadigan til hodisasi.
5.
To‘liqsiz gap — tarkibida bir necha bo‘laklari ishtirok etmagan, ammo bu
narsa matn yoki vaziyatdan aniq sezilib turadigan gap.
6.
Undalma — so‘zlovchining nutqi qaratilgan boshqa bir shaxsni
bildiradigan so‘z yoki so‘z birikmasi.
7.
Undov gap — so‘zlovchining voqelikka bo‘lgan
turlicha his-hayajonini
ifodalovchi gap.
Do'stlaringiz bilan baham: