80.2-topshiriq.
Gaplarni
ko‘chiring.
Kiritmalar
qanday
ma’no
anglatayotganini aniqlang.
1. Iqtidorli odamlar bilan tenglashmoqchi bo‘lganlar
hech nimaga erisha
olmaydilar, aksincha, ularning noshudligi boshqalarning kulgisini keltiradi. 2. Ha,
shunday odamlar borki, ular o‘z foydalarini ko‘zlab, har qanday yolg‘on-yashiq
gaplarni qasam ichib tasdiqlashdan ham toymaydilar. 3.
Shuningdek, aqli raso
odam ham bir ishni boshlashdan oldin uning oqibati qanday tugashi haqida
o‘ylab ko‘rishi kerak. 4. Demak, bu bilan masal
aqlning teranligi jismning
ko‘rkamligidan afzal ekanligini bildiradi. 5. Ta’kidlanishicha, kuch-qudratdan ko‘ra
e’tiqod salmoqli samara berarkan. 6. Maqtanchoqlik dardiga uchragan odam
ham ba’zida bu dardidan xabardor bo‘lgan do‘stlari oldida maqtana boshlaydi va
ularga kulgi bo‘ladi, albatta. (“Ezop masallari”)
Bilib oling
Kiritma so‘zlovchining o‘zi bayon etayotgan fikriga munosabati (ishonchi,
gumoni, tasdig‘i, inkori va h.), fikrning birovga nisbatlanishi (mansubligi,
aloqadorligi), o‘z fikri tarkibiy qismlarining ahamiyatliligi darajasi (
birinchidan,
ikkinchidan va h.), fikri va uning tarkibiy qismlariga
doir bayon etadigan
qo‘shimcha axboroti yoki izohi kabi rang-barang ma’nolarni ifodalaydi.
80.3-topshiriq.
Gaplarni o‘qing. Bir so‘z yoki so‘z birikmasi bilan
ifodalanayotgan kiritmalarni aniqlang.
1. Qaysi ishni qilmoqchi bo`lsang, eng avvalo, o`z ko`ngling
bilan kengashib
ko`rgin. (Yusuf Xos Hojib) 2. Naql qilibdilarki, yo`ldan uzoq, o`tkinchidan xoli bir
yerda ko`l bor edi. (“Kalila va Dimna”) 3.
Kimga pand-u nasihat qilsang, unga,
avvalo, o`zing amal qil. (Luqmoni Hakim) 4. To`g`ri, qulog`ini burasang bas,
gazlamasi ham ichida. (A.Qahhor) 5. Biz (Men harbiy kiyim – leytenant formasida
edim) – ko`z doktori Muhtarama Hamidova (hozir u kishi professor) ikkalamiz
Hamza nomidagi O`zbek Davlat akademik
drama teatrining eski binosiga,
Uyg`unning “Qaltis hazil” komediyasini tomosha qilgani borgan edik.
(K.Qahhorova) 6. Otinoyi, ko`pincha, o`z ishi bilan shug`ullanar, darsda, asosan,
xalifa (hozirgi til bilan aytganda, sinf boshlig`i) rahbarlik qilar, sho`xlik
qilgan
qizlarga hаm xalifaning o`zi jazo berar edi. (K.Qahhorova)
Do'stlaringiz bilan baham: