haqiqatan ham, nafratga loyiq. Gapdan ko‘ra ish qilish kerak. (V.Suxomlinskiy)
80.1-mashq.
Berilgan gaplardagi tushirib qoldirilgan tinish belgilarini o‘rniga
qo‘yib ko‘chiring.
1. Aqlli bo‘lsang, johil va nodondan hazar qil. Aqalli biroz bilimi bor kishi
ulardan, albatta, yuz chaqirim uzoqlashadi. (Majididdin Xavofiy) 2. Aqalli bir
mushukka bo‘lsang mehribon, Demak salomatdir sendagi iymon. (Xusrav
Dehlaviy) 3. Qo‘y tamani, bor esa senda tamiz, Shubhasiz el ichra bo‘lg‘aysan aziz.
(Farididdin Attor) 4. Agar adolat himoya qilinmasa, zaif va kuchli odamlar yo‘qolib
ketadi. Modomiki zaiflar qirilib ketar ekan, kuchlilar ham omon qolmaydi. (Husayn
Voiz Koshifiy) 5. Birovga sog‘insa har kim yomonlik, Nihoyat ul o‘zi topmas
omonlik. (Abulqosim Firdavsiy)
80.2-mashq.
Berilgan gaplarda tushirib qoldirilgan so‘zlarni o‘rniga qo‘yib
ko‘chiring.
1. Boshga tushgan kulfat kutilayotganidan yengilroq, … kelgan kulfatning
oxiri bor. Ammo kutilayotgan kulfatning qarshisidagi qo‘rquv cheksiz. (Shiller)
2.Buyuk inson, … , o‘zini o‘zi nobud qiladi. (B.Franklin) 3.Men fikrlayapman, …,
mavjudman. (R.Dekart) 4.Dangasalik, …, − imkoniyatlarimiz rivoji yo‘lidagi eng
katta to‘siq. (E.Delakrua) 5.Tenglik, ..., o‘zimizdan balandlar bilan tenglik,
o‘zimizdan pastlardan balandlik.(A.Ursel) 6.Fortepiano chalish − barmoqlar
harakati; fortepianoda ijro etish − qalb harakati. ..., biz faqat birinchisini eshitamiz.
(A.Rubinshteyn) 7.Agar sahnaning birinchi pardasida miltiq osig‘liq turgan bo‘lsa,
... u oxirigacha otilishi kerak. (A.Chexov)
To`ldirish uchun so`zlar: Albatta, zero, demak, bizningcha, albatta, odatda.
Bilib oling
Yuqoridagi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan qismlar kiritma deyiladi. Kiritma
gapning, xususan, matnning umumiy mazmuniga daxldor bo‘lsa-da, gapdagi
biror bo‘lak bilan hokim-tobelik aloqasiga kirmaydi, shuning uchun ular gapdagi
boshqa bo‘laklardan yozuvda vergul, tire, ba’zan qavslar bilan, talaffuzda esa
kichik to‘xtamlar bilan ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |