1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Darslik 8-sinf ona tili yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilib oling
78-79.2-mashq.
Berilgan gaplarni ajratilgan bo‘lakli gaplarga aylantiring. 1. Quyosh qizil baxmal singari tovlanib, o‘zini azim chinorlar panasiga olganda, …, bu oqshomlar ko‘hna tabiat ko‘rki − tongdan ham musaffo bo‘lib ketadi. 2. Nazira qishloqqa tushib kelgan kunning ertasigayoq, …, qizlar uni o‘rtaga olib qo‘shiq ayttirishgan edi. “Yo‘q” deganiga qo‘yishmadi. Shunda u qandaydir laparni tutila-tutila aytib, zo‘rg‘a qutulgan edi. 3. Ko‘p o‘tmay, …, mehmonxona qarshisidagi klub odamlar bilan to‘ldi. 4. Tong yorishganda, …, ikki qiz fermaga kirib kelishdi. 5. Gulchehra bilan fermani aylanar ekan, eshik tomonga, …, qarab- qarab oladi. 6. Kolxoz umumiy majlislarining birida, …. rais hammaning oldida uning peshonasidan o‘pdi. (O`.Umarbekov. “Shirinsoy oqshomlari”) Bilib oling Yozma nutqda izoh bo`lak ko`pincha vеrgul, tirе va qavs bilan ajratiladi: 1) bo`lak ikki tomondan vеrgul bilan ajratiladi: Soy bo`yidagi choyxonada, gavjum joyda, Azimjon uchradi; 2) ajratilgan bo`lakning o`z ichida vеrgul bo`lsa, ikki tomoniga tirе qo`yiladi: Ekranda Yer tasviri ko‘rindi; daraxtlar gullagan, pag‘a-pag‘a oq bulutli osmon yer bilan qo‘shilib ketganday − osmon aksi yerga tushyaptimi, yo aksinchami − bilib bo‘lmaydi. (T.Malik) 3) ajratilgan bo`lak uyushib, gap oxirida kеlsa, undan oldin tirе qo`yiladi: Mеning o`z muhabbatim bor – toza va musaffo! 78-79.3-mashq. Berilgan gaplardagi tinish belgilarini qo‘yib ajratilgan bo‘lakli gaplarni ko‘chiring. Ajratilgan bo‘lakli gaplardan tinish belgilari tushirib qoldirilsa, qanday mantiqiy xatoliklar kelib chiqadi? 1. Uydagi yig‘i-sig‘idan… onasining yuraklarni ezib yuboradigan nidolaridan uzoqda… kechgacha ko‘chama-ko‘cha sandiroqlab yuradigan bo‘lib qoldi. 2. Shu yerlik hamkasbi… urush yillari bir qismda xizmat qilgan qadrdon oshnasi: “Otpuskangni bir gal bizning shaharda o‘tkaz, Namangan ham kurort joylardan qolishmaydi”, – deb chaqirtirib kelgan edi. 3. Qop-qora sochini jingalak-jingalak qilib taragan… ingichka… ilon izi nusxa galstuk taqib… kifti keng kostyum kiygan o‘rta bo‘yli yigitga ilgarilari havas bilan qaragan odamlar endi uni ko‘rishsa… chetlab o‘tadigan bo‘lib qolishdi. 4. Mirsidiq bu qishloq qaerda o‘zi… uzoqmi, yaqinmi – surishtirmadi. 5. Do‘simboy ota boshidagi yangi marg‘ilon do‘ppisini olib… tizzasiga urib changni qoqqan bo‘ldi, ko‘kragiga tushib turgan moshkichiri soqolini tutamlab og‘ir xo‘rsindi. 6. Ular klubdan chiqishganda vaqt allamahal bo‘lib qolgan… ko‘k betini son-sanoqsiz yulduzlar qoplab olgan edi. (O`.Umarbekov) Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling