mohiyatini
bilmaydigan kishilarning, befarqlarning ahvoliga voy. (V.Paskal) 5.
Farosatsizlik,
axloqsizlik
orqasida
faqat
huzur-halovatga
mukkasidan
ketganlarning, yengil-yelpi fikrlovchilarning hayoti sariq chaqaga ham arzimaydi.
(I.Kant)
77.3-topshiriq.
Berilgan izohlardan munshiy, ibtido, g‘aniy, instinkt
so‘zlarining ma’nolarini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va qo‘llash uchun
eslab qoling: 1) kotib, ish yurituvchi; 2) avval, boshlanish; 3) boy, nafsini tiygan; 4)
tug‘ma sezgi.
78-79-dars
AJRATILGAN BO‘LAKLI GAPLARDA OHANG VA TINISH BELGILARI
78-79.1-mashq.
Berilgan gaplardagi tushirilgan tinish belgilarini qo‘yib
gaplarni ko‘chiring.
1. Bu qahramonlar \\
ezgulik izlovchilar, ezgulik istovchilar, sog‘inuvchilar,
zulm yoki beshafqatlik qarshisida bo‘yin egmovchilar \\ bularning barcha-barchasi
yozuvchi yuragida tug‘ilgandir. 2. Ko‘pchilik adiblarga xos odat \\ yomon odamni
bulg‘ab tashlash O`lmas aka ijodi uchun yot narsa. 3. O`lmas akaning Qo‘qon
teatri sahnasida qo‘yilgan birinchi sahna asarlari \\ “Sud”, “Yoz yomg‘iri” qissalari
zamonaviy detektiv tarzida yozilgan asarlarning dastlabkilaridan biri edi. 4.
Shulardan biri \\ O`lmas aka 1934 yilda \\ ulug‘ shoir, alloma,
siyosiy arbob,
diplomat, o‘zbek teatrining asoschisi Abdulla Avloniy vafot etgan yilda
tug‘ilganlar. 5. Keksalar \\ dunyoni tashlab ketishga tayyorlanayotgan odamlar …
avlodlariga nimalarni qoldirishyapti? 6. O`lmas akaning ijodlariga xos yana bir narsa
\\ nomus, hayo, iffat masalalari turli obrazlar ordamida turlicha yechiladi. (T.Malik)
Do'stlaringiz bilan baham: