1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

 
 
76-77-dars 
MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH 
 
76-77.1-topshiriq. 
Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing.
 
 
QIL USTIDA TURGAN TAQDIRLAR 
Mulla Fazliddin ertalab podshoh in’om qilgan to‘bichoq otni mindi-da, shahar 
dorug‘asi qabul qiladigan mahkamaga yo‘l oldi. Uzun Hasan ismli ingichka, novcha 
dorug‘a askarlikka odam olish va shaharni yaqinlashib kelayotgan dushmandan 
himoya qilish tashvishi bilan band ekan. Mulla Fazliddinning arzini qayoqqadir 
ketmoqchi bo‘lib shoshilib turgan paytda tingladi-da:
Tarhlaringizga tegmay, hamyoningizni olib ketgan bo‘lsa, bu − to‘qaydan 
chiqqan o‘g‘rilarning ishi, − dedi. − Yog‘iy tashvishidan qutulsak, to‘qaylarni 
o‘g‘rilardan tozalagaymiz... Hozir ahvolni ko‘rib turibsiz!..
Qo‘l qovushtirib tikka turgan mulla Fazliddin dorug‘aga yaqinroq keldi:
− Mening boshqa gumonim bor, janob dorug‘a, − dedi. So‘ng Ahmad 
Tanbalning surat chizdirmoqchi bo‘lganini, rad javobi olganda esa achchiqlanib 
ketganini aytib berdi.


− Kimning surati? − deb dorug‘a qiziqib qoldi.
Mulla Fazliddin Xonzoda begimning nomini tilga olishga qo‘rqdi.
− Parilar suratimidi? Yaxshi tushunmadim.
− Sandig‘ingizda parilar surati bormidi? Bosqinchilar shuni olib ketibdirmi?
− Surat o‘zi bo‘lmasa, neni olib ketsin! Men hazrati oliylari buyurgan madrasa 
tarhini chizish bilan bandmen. Suratkashlikka vaqtim yo‘q. Sandiqda xomaki 
loyihalarim bor edi, xolos.
− Ular joyida qolganmi, axir? Undoq bo‘lsa Ahmadbekdan nechun 
gumonsiramoqdasiz?
− Sababini aytdim, janob dorug‘a! Taftish o‘tkazishingizni so‘raymen!
− Ahmadbek − sultonlar avlodidan ekanini unutgan bo‘lsangiz, men eslatib 
qo‘yay. Hazrati oliylarining katta xotinlari Fotima begim Ahmadbekka qarindosh 
bo‘lurlar. Fotima begimning chaqirig‘i bilan Sulton Ahmadbek bugun azonda 
poytaxtimiz Axsiga ketdilar.
“Agar o‘sha bek sandiqdagi suratlarni qo‘lga tushirsa, Axsiga eltib, podshoh 
oilasiga ko‘rsatmoqchi bo‘lganmi?− degan o‘y mulla Fazliddinning ichini muzlatib 
o‘tdi. − Bular mening qonimga shunchalik tashnami? Balki Ahmad Tanbal Xonzoda 
begimni ham shu surat orqali qo‘lga tushirmoqchidir? Hali uylanmagan bu bek 
podshoga kuyov va Xonzoda begimdek go‘zal qizga er bo‘lishni jon-dili bilan istasa 
kerak!” 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling