3.Shoir ijodida shaxs fojiasi tasviri.
III.Xulosa. Hamid Olimjon she’riyati mangu
barhayot!
Uyga vazifa
15.5-mashq.
“Iqtidorli yoshlar – xalq iftixori” mavzusiga sodda reja tuzib, uni
murakkab rejaga aylantiring.
16-dars
ILMIY INSHO
16.1-mashq.
Matnni o‘qing va mazmunini og‘zaki bayon qiling. Har bir
xatboshidagi asosiy fikrni aniqlab, bir jumlada ifodalashga harakat qiling.
Bir masala turli mavzudagi inshoda har xil ifodalanishi mumkin. Ilmiy inshoda
berilgan mavzu biror fan nuqtayi nazaridan ilmiy nutqda yoritiladi.
Ilmiy inshoda
terminlar, ilmiy dalil va tushunchalardan keng foydalaniladi. Unda axborot aniq va
lo‘nda ifodalanishi, tushunarli bo‘lishi lozim.
Ilmiy inshoda nutqning tasviriy vositalaridan, ko‘chma ma’noli so‘zlardan,
obrazli ibora, maqol va matallardan deyarli foydalanilmaydi.
Ilmiy insho tili
bo‘yoqdorlik va ta’sirchanlikdan xoli bo‘ladi.
Ilmiy insho mantiqiy fikrlash, dalillarning
mohiyatini tushunish, narsalarning
xususiyatlarini yaxshi bilish asosida yoziladi. Ilmiy
inshoda muallifning nuqtayi
nazari, tegishli xulosa chiqarishi katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ilmiy insho yozish o‘quvchilarning kelajakda ilmiy maqola, ilmiy kitoblar yozish
malakasi hosil bo‘lishiga xizmat qiladi. Kelajakda biror fan sohasida ilmiy tadqiqot
ishlari olib borishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsangiz, ilmiy insho yozish mahoratini
tinimsiz egallab borishingiz kerak.
Barcha fanlar bo‘yicha ilmiy insho yozish mumkin.
Bilib oling.
Ilmiy inshodan o‘quvchilarning ilmiy fikrlash
darajasini aniqlash uchun
foydalaniladi. Bunday inshoda ilmiy tushuncha va terminlar, dalillar ko‘p
ishlatiladi. Ilmiy insho tili bo‘yoqdorlik va ta’sirchanlikdan xoli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: