1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


-mashq . Berilgan rejadagi qaysi qism ortiqcha? Sababini bayon qiling


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

15.4-mashq
. Berilgan rejadagi qaysi qism ortiqcha? Sababini bayon qiling. 
HAMID OLIMJON – BAXT VA SHODLIK KUYCHISI 
 
I.Kirish. Hamid Olimjon – o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandasi. 
II.Asosiy qism: 
1.Shoir she’riyatida baxtli muhabbat vasfi. 
2.Hamid Olimjon she’riyatida Vatan madhi. 


3.Shoir ijodida shaxs fojiasi tasviri. 
III.Xulosa. Hamid Olimjon she’riyati mangu
barhayot! 
Uyga vazifa 
15.5-mashq.
“Iqtidorli yoshlar – xalq iftixori” mavzusiga sodda reja tuzib, uni 
murakkab rejaga aylantiring.
 
16-dars 
ILMIY INSHO 
 
16.1-mashq.
 
Matnni o‘qing va mazmunini og‘zaki bayon qiling. Har bir 
xatboshidagi asosiy fikrni aniqlab, bir jumlada ifodalashga harakat qiling. 
Bir masala turli mavzudagi inshoda har xil ifodalanishi mumkin. Ilmiy inshoda 
berilgan mavzu biror fan nuqtayi nazaridan ilmiy nutqda yoritiladi. Ilmiy inshoda 
terminlar, ilmiy dalil va tushunchalardan keng foydalaniladi. Unda axborot aniq va 
lo‘nda ifodalanishi, tushunarli bo‘lishi lozim. 
Ilmiy inshoda nutqning tasviriy vositalaridan, ko‘chma ma’noli so‘zlardan, 
obrazli ibora, maqol va matallardan deyarli foydalanilmaydi. Ilmiy insho tili 
bo‘yoqdorlik va ta’sirchanlikdan xoli bo‘ladi.
Ilmiy insho mantiqiy fikrlash, dalillarning mohiyatini tushunish, narsalarning 
xususiyatlarini yaxshi bilish asosida yoziladi. Ilmiy inshoda muallifning nuqtayi 
nazari, tegishli xulosa chiqarishi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Ilmiy insho yozish o‘quvchilarning kelajakda ilmiy maqola, ilmiy kitoblar yozish 
malakasi hosil bo‘lishiga xizmat qiladi. Kelajakda biror fan sohasida ilmiy tadqiqot 
ishlari olib borishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsangiz, ilmiy insho yozish mahoratini 
tinimsiz egallab borishingiz kerak. 
Barcha fanlar bo‘yicha ilmiy insho yozish mumkin.
Bilib oling. 
Ilmiy inshodan o‘quvchilarning ilmiy fikrlash darajasini aniqlash uchun 
foydalaniladi. Bunday inshoda ilmiy tushuncha va terminlar, dalillar ko‘p 
ishlatiladi. Ilmiy insho tili bo‘yoqdorlik va ta’sirchanlikdan xoli bo‘ladi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling