1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


-mashq . “O‘zbek tilida mustaqil so‘z turkumlari”, “Suvning kimyoviy


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

16.2-mashq
. “O‘zbek tilida mustaqil so‘z turkumlari”, “Suvning kimyoviy 
xususisiyatlari”, “Inson tanasining tuzilishi” mavzulari uchun ilmiy murakkab 
insho rejasini tuzing. 
 
16.3-mashq
. Quyidagi gaplarni to‘g‘ri tartiblab “O‘zbek tilining asosiy imlo 
qoidalari” sarlavhali ilmiy insho uchun murakkab reja tuzing. 
1. O‘zbek tili nutq tovushlarining talaffuzi va yozilishi. 2. Imlo qoidalarini 
bilishning ahamiyati. 3. So‘zlarning ajratib yoki qo‘shib yozilishi. 4.Bo‘g‘in 
ko‘chirish qoidalari. 5. So‘zlarga qo‘shib yoki chiziqcha bilan ajratib yoziladigan 
qo‘shimchalar.


Savol va topshiriqlar
1.Ilmiy insho qanday insho? 
2.Ilmiy inshoda tilning qaysi vositalari ko‘proq, qaysilari kamroq qo‘llanadi? 
3.Ilmiy insho yozish mahorati kelajakda nimalarga asos bo‘ladi? 
Uyga vazifa 
16.4-mashq. “Daraxt” mavzusidagi ilmiy insho uchun reja tuzing.
 
17-dars 
Mustahkamlash darsi 
 
AYNI BIR AXBOROTNI BADIIY VA ILMIY BAYON QILISH 
 
 
17.1-topshiriq.
 
Berilgan gaplardagi ko`makchilarni mos qo‘shimchalar bilan 
almashtiring.
1. Vatanimiz mustaqillik sari yuz burdi. 2. Biror nima to‘g‘risida xulosa 
chiqarish uchun unga ega bo‘lish shart emas. 3. Uning nigohi daryo tomonga 
tushdi-yu, to`xtab qoldi. 4. Bu gullarni onam uchun oldim. 5. Otajonim kabi 
olijanob, mehribon, saxiy inson bo`lishni xohlayman. 
17.2-topshiriq.
O‘zbekiston haqida bittadan badiiy va ilmiy matn topib
o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlang.
17.3-topshiriq.
 Qo‘lingizdagi kitob, qalam, daftar kabilardan biri haqida avval 
badiiy, keyin ilmiy insho rejasini tuzing. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling