Butun bo‘lak (qism)lardan tashkil topadi.
Shuningdek, ushbu bo‘laklar yana
qismlarga bo‘linishi mumkin. Biz inshoda ham yoritilayotgan mavzuni oddiy
“bo‘laklashimiz” – bir
necha qismlarga ajratishimiz, ba’zan esa ularni batafsilroq
yoritish uchun bu bo‘laklarning ham ichki qismlarini aniqlab olishimiz zarur bo‘ladi.
Natijada murakkab reja tuzishga to‘g‘ri keladi.
Albatta, oddiy rejada yozilgan inshoda ham kirish, asosiy qism, xulosa bilinib
turadi. Lekin murakkab rejada u yaqqol ko‘rinadi.
Murakkab rejani tuzish oddiy rejaga nisbatan qiyinroq, lekin bu qiyinlik insho
yozishni yengillashtiradi.
Bilib oling.
Oddiy reja insho mavzusini bir bosqichda qismlarga ajratish bo‘lsa, murakkab
reja ajratilgan qismlarni yana ichki qismlarga bo‘lish demakdir.
15.2-mashq
. “Navoiy – mohir ruboiynavis” mavzusi uchun oddiy va
murakkab reja tuzing.
15.3-mashq. “
Xalqim – faxrim” mavzusidagi insho uchun tuzilgan ushbu
oddiy rejani tartibga keltirib, murakkab rejaga aylantiring.
1.“Xalqim, ajdoding izi – moziyning qat-qatida”.
2.Tenglar ichra teng.
3.Qo‘llari qadoq ona xalqimning.
4.Hurlik shamollari esdilar, mana.
5.“Qayga borsam, boshda do‘ppim, g‘oz yurarman gerdayib”.
6.Yoshlar – xalqim qanoti va suyanchi.
7.Mangu yashaydi ozod o‘zbegim!
Savol va topshiriqlar.
1.Sodda va murakkab rejaning farqi nimada?
2.Sodda reja asosida insho yozishning qiyinligi va murakkab reja asosida insho
yozishning qulayligi nimada?
3.Sodda rejada yozilgan inshoda kirish, asosiy
qism va xulosa qanday
anglashiladi?
4.Nega ko‘pincha erkin mavzudagi inshoga sodda, boshqa turdagi insholarga
murakkab reja tuzishga harakat qilinadi?
Do'stlaringiz bilan baham: