1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

12.3-mashq
Berilgan mavzu va reja asosida erkin mavzuda insho yozing. 
DAVLATIMIZ MADHIYASI 
R e j a: 
I. K i r i s h. Madhiyamiz yangraganda ko‘z oldimizda nimalar gavdalanadi?
II. A s o s i y q i s m: 
1. Madhiyamizda Vatan tavsifi. 
2. Vatanimning o‘tmishi va buguni. 
3. Vatanimning kelajagi. 
III. X u l o s a. Men o‘z Vatanim bilan faxrlanaman. 
Savol va topshiriqlar 
1.Inshoning qanday turi erkin mavzudagi insho deyiladi? 
2.Erkin mavzudagi inshoda o‘quvchining qaysi xislatlari aks etadi? 
3.Erkin mavzudagi insho qaysi soha bilimlariga aloqador bo‘lishi mumkin? 
Uyga vazifa 
12.4-mashq.
 Rasmni kuzating. Undan va davlatlararo zamonaviy aloqalarga 
oid ma’lumotlardan foydalanib, “Buyuk iрak yo‘li va zamonamiz” mavzusida
insho yozing. 
 
 
 


13-dars 
INSHOGA EPIGRAF TANLASH 
13.1-mashq. 
 Jadvalni kuzating. Uning 1-ustunida insho mavzulari, 2-ustunida 
muayyan mavzularning mazmunini ochib beruvchi fikr (maqol, mashhur bayt) 
keltirildi. Insho mavzulariga mos keluvchi fikrlarni tanlang va bir-biriga bog‘lang. 
№ 
Insho mavzusi 
№ 
Tanlash uchun fikr 

Muxtasar nutq – go‘zal nutq 

Ona yurting omon bo‘lsa, rang-u 
ro‘ying somon bo‘lmas. (Maqol) 

Tuproqlaring ko‘zga aylay 
to‘tiyo 

Qisqa yozishga vaqti yo‘q kishi 
uzun xat yozadi. (Paskal) 

Mehnat baxt keltirar 

Suv – zar, suvchi zargar. (Maqol) 

Obi hayot – tiriklik manbayi 

Emgak ekinda qolmas. (Mahmud 
Koshg‘ariy) 
Bilib oling. Inshoning mazmuniga mos keluvchi mashhur hikmatli so‘z, maqol, 
ibora yoki badiiy parcha epigraf deyiladi. 
Epigraf, odatda, rejadan keyin, insho matnidan oldin, sahifaning o‘ng 
chekkasida yoziladi. Epigraf bo‘lgan matndan so‘ng (so‘roq yoki undov gap 
bo‘lmasa) nuqta qo‘yiladi, muallif nomi qavs ichida beriladi. 
Inshoda epigraf bo‘lishini qat’iy talab deb tushunmaslik kerak, u tamoman 
ixtiyoriy. Lekin mavzu va ichki mazmunga hamohang keluvchi epigraf tanlash 
inshoning badiiyligiga xizmat qiladi, insho muallifining mahoratini ko‘rsatadi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling