1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Oldingi mashqlarda tanlangan insho mavzulariga reja tuzib


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

Oldingi mashqlarda tanlangan insho mavzulariga reja tuzib
ma`limot to`plab keling. 
11-dars 
ADABIY VA ADABIY-IJODIY MAVZULARDAGI INSHOLAR 
Eslang. Siz birinchi sinfdan yoza boshlagan oddiy yozma tasvir, rasm asosidagi 
hikoya, turli xil maktublar ham inshoga o‘xshaydi. Lekin ularni insho deb 
bo‘lmaydi. Chunki bunday yozma ishlar aniq reja asosida yozilmagan, ularda 
o‘quvchining maxsus tayyorgarligi, ijodiy izlanishi va mustaqil fikrlashi talab 
etilmagan. 
11.1-mashq. 
 Guruhlarga bo‘linib, biror badiiy asar bo‘yicha insho mavzulari 
tuzing. Shulardan bitta mavzuning mufassal rejasini shakllantiring.
 Bilib oling. Muayyan badiiy asar, undagi qahramonlar haqidagi insho adabiy 
inshodir. Bunday mavzudagi inshoda biror badiiy asar yoki undagi qahramonlar 
taqdiri adibning badiiy mahorati bilan bog‘lab, manbalarga tayanib tahlil qilinadi. 
11.2-mashq. 
 O‘zingiz yoqtirgan badiiy asar asosida adabiy-ijodiy insho uchun 
mavzular tanlang. Shu mavzular bo‘yicha murakkab reja asosida insho yozing. 
Bilib oling. Adabiy-ijodiy inshoda biror badiiy asar va unda ishtirok etuvchi 
qahramonlar taqdiri tahlilida o‘quvchining mustaqil fikri, shaxsiy munosabati 
asosida yondashuvi talab etiladi. U adabiy inshodan shu jihati bilan farq qiladi.  
11.3-mashq.
Quyida adabiy va adabiy-ijodiy insholarning mavzulari aralash 
holda berilgan. Ularni ajratib yozing. 
1. “Alpomish” dostonida qahramonlik tasviri. 2. Abdulla Qodiriy — tarixiy 
romanlar ustasi. 3. Men sevgan adib. 4. Hamid Olimjon — lirik shoir. 5. “Sen yetim 


emassan” she’ridan olgan taassurotlarim. 6. Abdulla Qahhor — kichik hikoyalar 
ustasi. 7. “Mehrobdan chayon” romanida xonlik tuzumi illatlarining fosh etilishi. 8. 
Zulfiya — men sevgan shoira. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling