1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


-topshiriq. “Maktab” mavzusida qisqagina badiiy va ilmiy matn yarating


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

17.4-topshiriq. “Maktab” mavzusida qisqagina badiiy va ilmiy matn yarating. 
Uyga vazifa 
17.1-mashq. 
“Quyosh” mavzusida badiiy va ilmiy matn yaratib, “Eng ravon 
nutq” mavzusidagi og‘zaki nutq sinoviga tayyorlaning.
Mustahkamlash uchun savollar 
1.Adabiy nutqning me’yorlari haqida gapiring. 
2.Lug‘aviy ma’no ifodalovchi so‘zlar guruhi nima deyiladi? 
3.Yordamchi so‘z turkumlari nega bunday nomlangan va uning qanday turlari 
bor?
4.Ma’lumotnoma matni va ijodiy tavsifiy matnlarning o‘xshash jihatlari 
nimada?
5.Insho nima va u boshqa ijodiy ishlardan qaysi jihati bilan farqlanadi? 
6.Inshoning oddiy yozma axborot bilan qanday o‘xshash va farqli tomonlarini 
bilasiz? 
7.Insho mavzu mazmuniga ko‘ra necha turli bo‘ladi? Ularning xususiyatlarini 
sanang. 
8.Mustaqil fikrlash talab etiladigan insho qanday insho? 


9.Inshoning qanday turi erkin mavzudagi insho deyiladi? 
10.Epigraf nima va u qanday tanlanadi? 
11.Sodda va murakkab rejaning farqi nimada? 
13.Ilmiy inshoni tavsiflang. 
 
Globallashuv va tillar taraqqiyoti 
(tilshunoslik bo‘yicha ilmiy insho namunasi) 
Reja: 
1.Dunyoning lisoniy manzarasi. 
2.Yo‘qolib borayotgan tillar. 
3.Tillarni saqlab qolish choralari. 
4. “Internet tili” tushunchasi. 
5.Xulosa. 
Har xil asoslardagi hisob-kitoblarga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 3 mingdan 
7 mingtagacha til borligi e’tirof etiladi. 2005-yilda tuzilgan YUNESKO ro‘yxati 6 912 
ta tilni qamrab oladi. Bu tillardan 32,8 foizi (2 269 tasi) Osiyo va 30,3 foizi (2 092 
tasi) Afrika qit’asiga to‘g‘ri keladi.
Til – moddiy, ma’naviy merosni saqlash va boyitishning eng kuchli vositasi. 
YUNESKO hisob-kitobiga ko‘ra, mavjud 7 mingga yaqin tilning yarmi XXI asrda 
o‘zining oxirgi sohibidan ajralishi mumkin. Ba’zi farazlarga ko‘ra, asr oxiriga kelib 
mavjud tillarning 95 foizi o‘lik tilga aylanadi. Har oyda dunyo miqyosida ikkitadan 
til o‘layotganligi esa dahshatli hodisa! YUNESKOning 2017-yil 15-iyundagi xabariga 
ko‘ra, o‘lim yoqasida turgan 2,5 ming tildan 15 tasi Markaziy Osiyo xalqlariga to‘g‘ri 
keladi. Jumladan, O‘zbekistondagi Markaziy Osiyo arablari tili, Buxoro-Samarqand 
yahudiylari tili, Markaziy Osiyo lo‘lilari (paryo) tili. Qolgan tillarning 2 tasi 
Qozog‘iston va Qirg‘izistonda (dungan tili, oyrot tili), 1 tasi Turkmanistonda 
(truxman tili), 9 tasi Tojikistonda (voxon tili, ishkomish tili, sanglich tili, roshorv tili, 
shug‘on tili, bartang tili, rushon tili, yazg‘ulob tili, yag‘nob tili).
Globallashuv 
asrida 
tillarning 
yashab 
qolishi 
ko‘proq 
axborot-
kommunikatsiyalari sohasida, Intenet tizimida qo‘llanish darajasi bilan bog‘liq. 
Qaysi til Intenet tili emas ekan, bu tillarning ro‘parasida o‘lim xavfi turaveradi.
Internet tili haqida so‘z ketar ekan, o‘zbek tili Internet tili emasmi degan savol 
tug‘ilishi tabiiy. Chunki o‘zbek tilida Internet sahifalarida ma’lumotlar berilmoqda, 
yozishmalar amalga oshirilmoqda, tilimizda ish olib boradigan sayt va portallar, 
ijtimoiy tarmoqlar kundan-kunga ko‘payayotir. Zohiran tilimiz Internet va axborot-
kommunikatsiya sohalarida cheklanmagan darajada qo‘llanayotgandek, tilimiz esa 
Internet tiliga aylangandek. Aslida ham shundaymi?


Internet kompyuter texnologiyalariga tayanadi. Kompyuter tilshunosligida 
“kompyuterning tilni tanishi” degan tushuncha bor. Agar kompyuter tilni “tanir” 
ekan, tilning kompyuter tili, Internet tili ekanligi haqida so‘z yuritish to‘g‘ri bo‘ladi.
Kompyuter tilni “tanishi” uchun u bu tilni “bilishi” zarur. Kompyuterning 
matndagi xatolarni tuzatishi, matnni qayta ishlashi, tarjima qilishi, tahrirlashi, til 
ifodalarini tasniflashi, tartiblashi, biror tilda gapirishi, yozishi uning tilni tanishi 
asosida amalga oshiriladi. Umuman olganda, sun’iy intellektning muayyan til 
asosida ish ko‘rishi, tilning sun’iy intellektning to‘la ma’nodagi muloqot vositasiga 
aylanishi uning tilni “bilishi” va “tanishi” asosida sodir bo‘ladi.
Xullas, XX asrning buyuk kashfiyoti bo‘lgan kompyuter texnologiyalari sohasi 
uchun katta vazifalarni vujudga keltirdi va tillarning taraqqiyoti hamda yashab 
qolishi uchun hal qiluvchi omilga aylanib qoldi.
Tilning Intenet, kompyuter texnologiyalari tiliga aylanishi matematik 
tilshunoslik, uning davomi bo‘lgan kompyuter tilshunosligining shakllanganligi va 
rivojlanish darajasi bilan bog‘liq. Ayniqsa, sun’iy intellekt uchun tabiiy tillarni 
modellashtirish kompyuter lingvistikasining asosiy, pirovard vazifasi hisoblanadi.
Dunyo miqyosida sun’iy intellektlar yaratish asosida tabiiy tillarni matematik 
modellashtirish yotadi. Matematik modellashtirish natijalari sun’iy intellektning 
faoliyat dasturini yaratishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa o‘zbek tili misolida 
hali ochilmagan qo‘riq. 
Tilning xavfsizligini ta’minlash uchun ularning yozuvlariga, ko‘p sonli 
so‘zlashuvchilarga (100 mingdan ortiq), davlat tili maqomiga va axborot-
kommunikatsiya, 
Internet 
tizimida 
qo‘llanish 
xususiyatiga 
hamda 
so‘zlashuvchilarning muhabbatiga egaligidan tashqari, ziyolilarning tillarni saqlab 
qolish va rivojlantirish haqida qayg‘urishlari va mutasaddilarning esa bir yoqadan 
bosh chiqarib tashkiliy yo‘l bilan kurashishlari juda ham zarur.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling