1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


-mashq. Quyidagi so‘zlardan sintaktik aloqa hosil qiling


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

20.1-mashq.
Quyidagi so‘zlardan sintaktik aloqa hosil qiling. 
qush, uya;
yurt, ketmoq;
ayrilmoq, el;
vatan, qadr; 
inson, vatansiz; 
g`am, el; 
yurt, yuksalmoq; 
tug`ilmoq, yer. 
20.2-topshiriq.
Gaplarning 
kesimini 
toping 
va 
bunda 
nimaga 
asoslanganingizni izohlang.
1. Haqiqiy inson va yurt farzandi – bir kishi. (Aleksandr Radishchev) 2. O‘z 
yurtiga tegishli bo‘lmagan odam insoniyatga ham tegishli emas. (Vissarion 
Belinskiy) 3. Boy boyga boqar, suv soyga oqar. (Maqol) 
20.3-topshiriq.
Gaplardagi egani toping va bunda qanday yo`l tutganingizni 
ayting. 


1.Qahramonlari bo‘lmagan mamlakat baxtsiz. Qahramonlarga muhtoj 
mamlakat baxtsiz. (Bertolt Brext) 2.Ona yerning tuprog`i ona sutidan aziz. (Maqol) 
3.Ko`lning otini balig`i chiqarar. (Maqol) 4.Qarshingda hasratli o‘yga tolaman, 
Qachon xalq bo‘lasan, ey sen, olomon?! (Abdulla Oripov) 
20.4-topshiriq.
Berilgan birikmalarda mustaqil so‘zlarni bog‘lovchi 
vositalarni ikki guruhga ajrating. 
Vatan uchun o`lmoq, yigit va vatan, kishi yerida sulton bo`lmoq, ega va el, o`z 
yurting, vatan uchun jon bermoq, o`zga yurtda shoh bo`lmoq, yurtim shamoli.
Bilib oling.  
Mustaqil so‘zlarning nutqda bog‘lanishidan so‘z birikmasi hosil bo‘ladi. So‘z 
birikmasi bo‘lish uchun: 
1)kamida ikkita mustaqil so‘z bo‘lishi lozim; 
2)bu so‘zlar ma’no jihatdan mos bo‘lishi kerak; 
3)so‘zlarning biri ikkinchisiga ergashishi, ya’ni tobelanishi zarur; 
4)qo‘shimcha va yordamchi so‘zlar mustaqil so‘zlarni bog‘lashi kerak. 
Eslatma: 
So‘zlar bog‘lanishida oldin kelgan so‘z tobe so‘z, keyin kelgan so‘z hokim 
so‘z deyiladi.
Tobe so‘z hokim so‘z ma’nosini izohlaydi, to‘ldiradi.
Nutqda biri ikkinchisini izohlamaydigan bog‘lanishlar ham mavjud: olma va 
anor; o‘qidi va yozdi; Salim, Halim kabi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling