1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Yuqorida berilgan ilmiy matnni jadval ko`rinishida ifodalang


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

Yuqorida berilgan ilmiy matnni jadval ko`rinishida ifodalang.   
21.7-topshiriq. 
Gap (maqol)lar tarkibidagi so‘z birikmalarini aniqlab, ularni 
otli so‘z birikmasi hamda fe’lli so‘z birikmasiga ajratib yozing.
1.Bekorchining doim yordamchilari ko‘p. (Lev Tolstoy) 2.Begona mehnat bilan 
yashaydigan kishi begona ong bilan yashashni boshlash bilan tugaydi, zero, o‘z 
ongimiz o‘z mehnatimiz evaziga bunyod bo‘ladi. (Vasiliy Klyuchevckiy) 3. Birni 
birov beradi, ko`pni – mehnat. (Maqol) 
21.8-topshiriq.
Gaplarda tobe so‘zlar qaysi vosita yordamida hokim so`zga 
bog`lanayotganini aniqlang.
 
Bekorchilik − bolalarning baxti va keksalarning baxtsizligi. (Viktor Gyugo)
2.Mehnatning meva tugishi – eng a’lo rohat. (Klapye Vovenarg) 3.Daryo suvini 
bahor toshirar, Odam qadrini mehnat oshirar. (Maqol) 4.Ishlagan yerni yashnatar, 
Ishlamagan qaqshatar. (Maqol) 
Bilib oling: 
So‘z birikmasidagi tobe so‘z vazifasiga ko‘ra uchga bo‘linadi: 
1) aniqlovchili birikma: qovunning ta’mi, qizil gul;
2) to‘ldiruvchili birikma: gapidan uyalmoq;
3) holli birikma: kam gapirmoq. 
Savol va topshiriqlar. 
1.Otli birikma va fe’lli birikmani tushuntiring. 
2.So‘z birikmasida hokim va tobe so‘zning joylashuvi qanday? 
3.Tobe va teng bog‘lanishning farqi nimada? 
4.So‘z birikmasidagi tobe so‘z qanday vazifa bajaradi? 
Uyga vazifa 
21.1-mashq.
Gaplardagi ajratilgan so‘zlarga tobe so‘zlar (aniqlovchi, 
to‘ldiruvchi, hol) bog‘lab ko‘chiring. Qanday o‘zgarish bo‘lganligini tushuntiring. 
1.Dangasalik – albatta, imkoniyatlarimiz rivoji yo‘lidagi eng katta to‘siq. (Ejen 
Delakrua) 2.Agar menchalik mehnat qilsa, maymun ham yozuvchi bo‘lib ketardi. 
(Abdulla Qahhor) 3.Mehnatsiz toza va quvonchli hayot bo‘lmaydi. (Anton Chexov)
4.Ishchan tilagi – tong ota qolsa, Erinchak tilagi – kun bota qolsa. (Maqol) 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling