13.2-mashq.
Quyidagi insho mavzulariga mos keluvchi epigraflar toping.
1.Alisher Navoiyning “Topmadim” g‘azali tahlili.
2.Muhammad Yusuf she’rlarida samimiylik va haqqoniylikning tarannum
etilishi.
3.Abdulla Qodiriy — tarixiy romanlar ustasi.
4.“O‘tkan kunlar” romanidagi Zaynab timsoliga tavsif.
13.3-mashq.
“O‘zbekistonimning ertasi”, “Yangi asr orzulari”, “O‘tkir
Hoshimov asarlarini sevib o‘qiyman”, “Men sevgan adabiy qahramon”
mavzularidan biriga epigraf tanlang.
13.4-mashq
. Quyidagi so‘zlarning ma’nosini lug‘atdan topib, lug‘at
daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling: epigraf, muxtasar, to‘tiyo, emgak, timsol,
samimiy, haqqoniy.
Savol va topshiriqlar
1.Epigraf nima? Inshoga epigraf qanday tanlanadi?
2.Barcha insholarda epigraf bo‘lishi shartmi?
3.Epigraf inshoning qaysi qismida joylashadi, unda qanday tinish belgilari
qo‘yiladi?
Uyga vazifa
13.5-mashq.
“
Mehnat”, “Vatan”, “Ona” mavzularidagi insholar uchun
epigraf bo`la oladigan xalq maqollari, hadislardan 5 tadan namuna topib keling.
14-dars
INSHO REJASI
14.1-mashq.
Matnni o‘qing va mazmunini og‘zaki bayon qiling.
Tartib – taraqqiyot va rivojlanish asosi. Kunning tunga, tunning kunga
aylanishi, oy va fasllarning, yil va asrlarning almashinuvi tartibning yorqin
namunasidir.
Tartib bor joyda muvaffaqiyat bo‘ladi. Tartibli bajarilgan har qanday ish yaxshi
natijalarni beradi. Insonning tartibli faoliyati – rejali ish yuritish. Tartibli inson har
bir ishini – mehnatdan tortib sarf-xarajatgacha reja asosida amalga oshiradi.
Shuning uchun xalqimiz reja va rejalashtirishning hayotimizdagi ahamiyatini
“Rejasiz ish – qolipsiz g‘isht” degan maqol bilan bejiz ifodalamagan. Qolipsiz
yasalgan g‘isht sifatsiz – qing‘ir-qiyshiq bo‘ladi.
Insho yozish ham faoliyat, aniqrog‘i, nutqiy faoliyat. U ham reja asosida
amalga oshiriladi. Inshoni yozishga tayyorgarlik jarayoni ham, inshoning o‘zi ham
rejasiz amalga oshirilsa, u sifatsiz chiqishi muqarrar.
Demak, insho yozish uchun tayyorgarlik jarayoni qat’iy reja asosida amalga
oshiriladi. Inshoning o‘zi ham puxta reja asosida yozilishi lozim.
Har qanday ijodiy ish kabi insho rejasi ham uch qismdan iborat bo‘ladi:
1.Kirish.
2.Asosiy qism.
3.Xulosa.
Kirish inshoning boshlang‘ich qismi, unda o‘quvchi mavzu haqidagi umumiy
fikrlarini bayon qiladi. Asosiy qismda maqsadga o‘tiladi. Bu qism yana ichki kichik
qismlardan tashkil topadi. Ularning miqdori birdan ortiq bo‘ladi
.
Xulosa yakunlovchi qism bo‘lib, unda o‘quvchi asosiy qismdan kelib
chiqadigan o‘z fikri – xulosasini lo‘nda bayon etadi.
Namuna
Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni
I. K i r i s h. Alisher Navoiy – buyuk mutafakkir va atoqli shoir.
II. A s o s i y q i s m:
1. Alisher Navoiyning oshiqona g‘azallari.
2. Alisher Navoiyning orifona g‘azallari.
3. Alisher Navoiyning rindona g‘azallari.
III. X u l o s a. Alisher Navoiy g‘azallari – o‘zbek she’riyatining mezoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |