1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


-mashq. “Konstitutsiyamiz — baxtimiz qomusi”


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

9.2-mashq.
“Konstitutsiyamiz — baxtimiz qomusi” 
mavzusida kichik 
inshoga reja tuzing. 
9.3-mashq
. Rassom N.Qo‘ziboyevning “Navoiy va Husayn Boyqaro” deb 
nomlangan asarini kuzating. Undan foydalanib shu sarlavha ostida insho 
yozishga tayyorgarlik ko`ring va insho uchun reja tuzing. 


Savol va topshiriqlar 
1. Inshoga nega “o‘quvchi ijodiy mehnatning oliy ko‘rinishi” deb baho 
beriladi? 
2. Insho yozishdan oldin qanday tayyorgarlik ishlari qilinishi kerak? 
3. Ta’limiy maqsadiga ko‘ra insholar necha xil bo‘ladi? 
9.4-mashq.
Berilgan izohlardan insho, bilim, ko‘nikma, malaka, tafakkur, 
izlanish, mas’uliyat so‘zlarning ma’nosini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring: 
1) borliq haqidagi yoki ilmiy, madaniy, ma’rifiy, ma’naviy, harbiy va boshqa 
sohalarga oid nazariy, amaliy ma’lumotlar, tushunchalar majmui; 2) tashkil etish
yaratish, qurish, barpo qilish; 3) biror ishda orttirilgan malakadan kamroq tajriba; 
4) o‘ylash, fikr yuritish; 5) kasbni, ishni yaxshi o‘zlashtirish natijasida orttirilgan 
ko‘nikmadan balandroq mahorat; 6) yangilik topish, yaratish harakatida bo‘lish, 
shunday maqsadli harakat, faoliyat; 7) biror ish, xatti-harakat oqibati, natijasi 
uchun bo‘lgan javobgarlik. 
Uyga vazifa. 
9.5-mashq.
“Onajonim — mehribonim” mavzusida insho yozish uchun uyda 
tayyorgarlik ko`ring. Ishni quyidagi tartibda amalga oshiring: 
1) onalar haqida donolar fikrlarini o‘rganing; rivoyat, hikoyat va maqollar, 
onalarga bag‘ishlangan zamonaviy she’riy va nasriy asarlar bilan chuqur tanishing; 
2) o‘zlashtirgan fikrlaringizni tasniflab, tartibga keltirib oling; 
3) fikrlar tasnifi va tartibi asosida reja tuzing
4) rejangizda katta masalalardan kichik masalalarga (umumiydan xususiyga) 
o‘tib borishga harakat qiling. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling