1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

MUSTAHKAMLASH DARSLARI 
23-dars 
MUMTOZ MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH 
 
23.1-topshiriq. 
Matnni ifodali o‘qing. 
TALAB VODIYSI 
Chun talab vo/diysig‘a qo‘y/sang qadam, 
Ollinga har/ dam kelur yuz / ming alam. 
Har dam anda/ yuz malolat/ yuzlanur,
Har nafas ming/ sa’b holat/ yuzlanur. 
Istamak ran/ji ko`ngulni/ zor etar, 
Topmomog`liq/ ruhni af/gor etar. 
Jonni kuydur/mak bo`lub mah/rumliq, 
Vaslining mi’/odi noma’/lumliq. 


Ranj-u ko`shish/ sanchibon jis/mingg`a nesh
Dardi noyob/ aylabon jo/ningni resh
Istabon top/may duri no/yobni, 
Mundadur tar/k aylamak as/bobni. 
Mol-u mulk-u/ har nedur so/likka band, 
To`rt takbi/ri fano ur/moq baland. 
 (Alisher Navoiy, “Lisonut-tayr”) 
23.2-topshiriq. Berilgan izohlardan matndagi ajratilgan so‘zlarning ma’nosini 
aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va yodlang: 1) malol kelish; og‘rinish; 2) 
xor bo‘lish, ezg‘in holatga tushish; 3) muddat, ijro vaqti; 4) sa’y-harakat; 5) nish, 
tig‘; 6) yara, jarohat; 7) o‘tkinchi dunyo uchun haqni ulug‘lash; 8) komillik sari 
harakat qilayotgan kishi; 9) qiyin, ogir.
 
23.1-mashq. 
Har bir bandni ifodali o‘qib, mazmunini nasriy bayon qilishga 
tayyorlaning. 
 
23.2-mashq. 
Ikki o‘quvchi navbatma-navbat matnni she’riy va nasriy 
ko‘rinishda o‘qing. 
 
23.3-topshiriq. 
“Namunali ifodali o‘qish”, “Eng yaxshi nasriy matn” bahsida 
ishtirok eting. 
 
Uyga vazifa 
 
23.3-mashq.
 Matnni she’riy va nasriy shaklda yod oling. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling