1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

25.1-mashq. 
Mavzuga reja tuzib, matn tayyorlang. So‘zlarni tanlashda 
ma’nodosh so‘zlar lug‘atidan foydalanishingiz mumkin.
 
25.2-topshiriq. 
Dars jarayonida tashkil etilgan “Eng chiroyli va ta’sirchan 
nutq” tanloviдa qatnashing.
25.3-topshiriq.
Ko‘rsatilgan xatolaringizni yozib oling va ular ustida ishlang. 
Uyga vazifa 
25.2-mashq. 
Ma’nodosh so‘zlar lug‘atidan foydalanib, “Shaxsning fe’l-
atvorini ifodalaydigan eng ta’sirchan so‘zlar lug‘ati”ni tuzing. 
Namuna: mehribon – mushfiq; chiroyli – xushro‘y; qadrli – aziz
25.3-mashq
Mantiqiy xatolikni toping. 
Oqshom esda qolarli bo‘lishi uchun: 
1) oqshom bo‘lishi zarur; 


2) u juda mazmunli o‘tishi lozim; 
3) oqshomni unutmaslik kerak
 
4-BO‘LIM.
GAP
Eslatma 
So‘z yoki so‘zlar vositasida anglashilgan fikr gap deyiladi.
 
26-dars
 
GAPNING IFODA MAQSADI 
 
26.1-topshiriq.
 Matnni o‘qing. 
KO`RNING JAVOBI 
Sayyor ismli ko`r arablar orasida eng mashhur ekan. Bir kuni ko`chada unga 
tegishib: 
− Hoy, Sayyor, Xudodan tila, ko`zing evaziga biror nima bersin, − debdi. 
− So`radim – berdi, − debdi ko`r. 
− Nima berdi? 
− Senga o`xshagan ahmoqlarning basharasini ko`rmaslikni! 
26.2-topshiriq.
 Matndagi gaplarni uch guruhga ajrating: 
1) xabar anglatuvchi gaplar; 
2) so‘roq anglatuvchi gaplar; 
3) buyurish, undashni anglatuvchi gaplar. 
26.1-mashq.
 Savob ishning foydasi haqidagi fikrni uch xil ko‘rinishda tuzing: 
1) xabar anglatuvchi gap; 
2) so‘roq anglatuvchi gap; 
3) buyurish, undashni anglatuvchi gap; 
4) istak, xohishni anglatuvchi gap. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling