1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


(“Sharq hikoyat va rivoyatlari”)


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

(“Sharq hikoyat va rivoyatlari”) 
30.1-topshiriq. 
Berilgan matndagi gaplarni sodda va qo`shma gaplarga 
ajrating. 
30.2-topshiriq. 
Uch guruhga bo`lining. Guruhlar orasida “Bu − bizniki” 
o`yinini o`tkazing: matndan darak, so`roq, buyruq gaplarni alohida ajratib oling. 
30.1-mashq.
Matnni qayta aytib berishga tayyorlaning. Undagi so`roq va 
buyruq gaplarni ham darak gap shaklida ifodalang.
 
30.2-mashq. 
Berilgan sodda gaplarni qo`shma gapga aylantiring. 
Hilm − axloqli odamning qimmatbaho libosi. U kiyim turlarining eng chidamli 
matosidir. Hilm yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama 
munofiqlarning behuda harakatidan himoya qiluvchidir. Yumshoq ko`ngillilikni 
hodisalar to`la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo`ladi. Hilmni insoniyat 
qadrini o`lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirsa ham bo`ladi. 
(Alisher Navoiy, “Mahbub ul−qulub”) 
Uyga vazifa 
30.3-topshiriq.
“Kim topqir?” musobaqasiga tayyorlaning. Hilm, muloyimlik, 
yumshoq ko`ngillilik haqida hikmatli so`z va maqollar toping, daftaringizga 
ko`chiring. 
30.4-topshiriq. 
Berilgan izohlardan hilm, axloq, milh, xulq, qovog`ini solmoq, 
o`rlamoq, xomush bo`lmoq, kirdikor, o`zini bosmoq, langar, munofiq so‘zlarning 
ma’nosini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling: 1) so‘zi va amali 
bir bo‘lmagan kishi; 2) qirg‘oqqa tashlanib, kemani ushlab turadigan moslama; 3) 
hayajon holatida o‘zini tutmoq; 4) yashirib qilingan noto‘g‘ri ishlar; 5) g‘amgin 
holatga tushmoq; 6) balandga ko‘tarilmoq; 7) achchiqlanib qoshini chimirib 
olmoq; 8) xulqning arab tilidagi ko‘plik shakli; 9) tuz; 10) kishining o‘zini tutishi, 
ma’naviy qiyofasi; 11) muloyimlik, halimlik.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling