1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

29.2-mashq. 
Quyidagi matnni o`qing. Matndan chiqargan xulosangizni 
yozma ravishda 2-3 jumlada ifodalang. Fikringizni ifodalashda matndagi so`zlarni 
ma’nodoshi bilan almashtiring.
ORTIQCHA ODAM 
Buzurgmehrdan so`rashibdi: 
− Inson uchun eng zarur narsa nima? 
− Tug`ma zehn. 
− Tug`ma zehn bo`lmasa-chi? 
− Odob va ilm o`rgansin. 
− O`rganolmasa-chi? 
− Xushmuomala bo`lsin – bu ham odamning ziynati. 
− Eplolmasa-chi? 
− Bunaqa tiriklikdan o`lim afzal: ham odamlar undan qutuladi, ham o`zi 
o`zidan qutuladi. 
(“Sharq hikoyat va rivoyatlari”) 
Uyga vazifa 
29.4-topshiriq. 
“Ortiqcha odam” sarlavhali matn asosida diagramma 
yarating. 
29.5-topshiriq.
Izohli lug‘atdan zehn hamda amal qilmoq so‘zlarining 
ma’nosini topib, lug`at daftaringizga ko`chiring va yodlab oling. 
 
30-dars 
Mustahkamlash darsi 
GAPNING IFODA MAQSADI VA TUZILISHIGA KO‘RA TURLARI YUZASIDAN TAHLIL 
 
HILM NIMA? 
Anushervon Buzurgmehrdan: 


− Hilm nima? − deb so`rabdi. 
− Hilm – axloq dasturxonining tuzi. Hilm so`zini teskari o`qisang, milh, ya’ni 
“tuz” bo`ladi. Hech bir ovqat tuzsiz ta’mga ega bo`lmaydi. Hech bir xulq ham hilm, 
ya’ni muloyimliksiz kamol topolmaydi, – deb javob berdi. 
Anushervon yana undan: 
− Hilmning belgilari qanday bo`ladi? − deb so`radi. 
− Uning uch alomati bo`ladi, − deb javob berdi Buzurgmehr, − birinchisi − 
birov senga qovog`ini solsa yoki achchiq so`zlarni aytsa ham, unga nisbatan shirin 
so`z aytasan, agar u o`z fe’li bilan xafa qilsa, uni xursand qilishga urinasan. 
Ikkinchisi − g`azab o`t olib osmonga o`rlagan paytda ham sukut qilib, xomush 
bo`lib turasan. Uchinchisi − biror kimsa kirdikori bilan g`azabga loyiq bo`lsa ham, 
g`azabni ichga yutib, o`zingni bosasan! 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling