1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

hech ham tishim o‘tmadi. Ikki-uch kun tongdan xuftongacha kutubxonada o‘tirar 
va ko‘p martalab shu sahifani qayta o‘qir edim. Baribir, bo‘lmadi. Bir kuni 
kutubxonachining ko‘zini shamg‘alat qilib kitobning shu varag‘ini yirtib oldim va 
qo‘ynimga tiqdim... Bu keyinchalik mutlaqo yodimdan chiqib ketgan edi.
... Shundan so‘ng ota gunohiga iqror bo‘lib, tavba-tazarru qildi. Yaratganning 
jazosiga rozi bo‘ldi. Yirtilgan sahifa sharhiga bag‘ishlab esa ulkan kitob yozdi. Unga 
“Bir sahifa sharhi” deb nom qo‘ydi va kutubxonaga topshirdi.
Umrining oxirigacha bor davlatini sarflab, kutubxona homiyligini zimmasiga 
oldi
.
(“Sharq hikoyat va rivoyatlari”) 
28.2-topshiriq.
Matnda ajratilgan gaplardan nechta voqea yoki hodisa 
anglashilayotganini aniqlang.
28.3-topshiriq.
Har bir voqea yoki hodisa anglatgan qismiga asoslanib, 
gaplarning har birini ikki gapga aylantiring. 
28.1-mashq. 
Quyidagi gap juftliklarini bitta gap holiga keltiring, bunda teng 
va ergashtiruvchi bog‘lovchilardan foydalaning. 
1.Unutilish bilan nodir asarlar o‘lmaydi. Yozuvchining yolg‘oni va 
laganbardorligi tuturuqsiz kitobning umrini uzaytira olmaydi. (Onore de Balzak)
2.Kitob o‘z yaralishida hech qachon san’at asari bo‘lmaydi: u san’at asariga 
aylanadi. (Gonkur) 3.Javob − oltin, savol – kumush. (Maqol) 4.Ko`p bilgan oz 
so`zlar, Oz bo`lsa ham, soz so`zlar. (Maqol) 
28.2-mashq. 
Qo`shma gap qismlarini alohida sodda gaplarga aylantiring va 
hosil bo‘lgan farqlarini izohlang.
 
1.Mutolaa Don Kixotni ritsar qildi, mutolaa qilgani uchun esa uni jinniga 
chiqarishdi. (Bernard Shou) 2.Hech kimga kitoblaringizni bermang, chunki ularni 
qaytib ko‘rmaysiz. Mening kutubxonamda faqat birovlardan o‘qib turishga olgan 
kitoblarim qoldi xolos. (Anatol Frans) 3. Yaqin ko`rib bilinar, uzoq – o`qib. (Maqol)
4. Uchishga qanot kerak, O`qishga – toqat. (Maqol)

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling