1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

Uyga vazifa 
33.2-topshiriq
. Matnni diqqat bilan o‘qing. Gap bo‘laklarini aniqlab, tagiga 
chizing. 
OVCHI VA KAKLIK 
Bir ovchi kaklik tutib olibdi. Uni o'ldirmoqchi bo'lgan ekan, kaklik: “Meni
ozodlikka qo'yib yubor, – deb yalinibdi.– Agar meni tirik qoldirsang, evaziga
to'ringga juda ko'p kakliklarni ilintirib beraman”,− debdi. Ovchi kaklikni qo'yib
yuborishga moyil bo'lib turgan ekan, ammo uning gapini eshitgach g'azablanib 
shartta o'ldiribdi. 
33.3-topshiriq. 
Ovchining kaklikni o‘ldirganligi sababini toping.
 
33.4-topshiriq. 
Quyida berilgan izohlardan ushbu so‘zlarning ma’nosini 
aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling: evaz, kaklik, moyil 
bo'lmoq, xushomadgo'ylik, xiyonat qilmoq, o'zini chetga olmoq1) o‘zidan zo‘rga 
soxta mulozamat ko‘rsatmoq; 2) va’dasida turmaslik; 3) aralashishni istamaslik; 4) 
o‘rniga, badaliga; 5) “kak-kak” ovoz chiqarib sayraydigan tog‘ sayroqi qushi; 6) 
yon bosmoq, rozi bo‘lmoq.
 
34-dars 
MUMTOZ MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH 
 
34.1-mashq
. Matnni diqqat bilan o‘qing. Unga mos mavzu tanlang.
Afv deb kechurmakni aytilur. Bir kishi qilgan kamchiliklarini bo’yniga olub, 
o’kunub, kechurmakni so’rasa, afv qilmak lozimdur. Chunki afv yaxshi xulqlarning 
afzali, insoniyatning fazilatidur. Janobi Haq Qur’oni karimda afvni maqtab madh 
qilmishdur. Olijanob kishilar uzrni qabul qilur. Bir kishi qusur va qabohatini 


bo`yniga olub uzr aytsa, afv qilur, kechirur. Kattalik va ulug`likning lazzati birovdan 
o`ch olmakda emas, balki afv qilmakdadur.
Masalan, Ahmad Mahmudga bir yomon ish qilub dilini og`ritdi. Mahmud 
Ahmaddan o`chini oldi. Bas, Ahmad ila Mahmudning orasidagi yomonlikdagi farq 
na o`ldi. Holbuki, har ikkisi ham bir-biriga yomonlik qildi. Har ikkisi ham g`amlik va 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling