1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

 
Bilib oling.
Kesim ifodalanishiga ko‘ra fe’l kesim va ot kesimga ajraladi. Fe’l- kesim sof 
fe’l va ba’zan ravishdosh bilan ifodalanadi: 1. Hasad bilan g‘azab ikki qanot 
bo‘lib harakatga kelsa, toza va chiroyli hayotlarni xira va kuduratli qilib 
yuboradi. (Abu Rayhon Beruniy) 2. Ishning boshi – boshlanguncha
Eslatma: -guncha qo‘shimchasini olgan ravishdoshgina kesim bo‘lib 
kelishi mumkin. 
Fe’ldan boshqa so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so‘z) 
bilan, shuningdek, fe’lning harakat nomi shakli bilan ifodalangan kesim ot 
kesim deyiladi: 
1) ot bilan: Axloqi zamimalarning eng zararligi hasaddur. (A.Avloniy); 
2) sifat bilan: Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. (Maqol); 
3) son bilan: (Maqol);
4) olmosh bilan: O‘zim har joydaman, ko‘nglim sandadur. (Qo‘shiq); 
5) ravish bilan: Savobning eshigi ko`p. (Maqol); 
6) modal so‘z bilan: So`zdan so`zning farqi bor, O`ttiz ikki narxi bor. 
(Maqol); 
7) harakat nomi bilan: Burchimiz – a’lo o‘qish 
8) sifatdosh bilan: Yigit kishining uyalgani – o‘lgani, eman daraxtining 
egilgani – singani. (Maqol) 
9) taqlid so‘z bilan: Ko‘chada odam g‘ij-g‘ij
10) undov so‘z bilan: Endi uning holiga voy 
Fe’l kesim ish-harakatni, ot kesim predmetning turi yoki belgisini 
ifodalaydi. 


 
35.2-mashq. 
Gaplarning kesim bilan bog`liq umumiy belgisini topib, shu 
belgi asosida yangi gaplar tuzing: 
1.Olov o`tinni kuydirib kul qilgani kabi hasad savob amallarni yeb tugatadi. 
(Hadis) 2.Hasad etgan kishi dun-u dag`aldur, Bu so`z xalq aro eski masaldur. (So`fi 
Olloyor) 3.Aql ojizlansa, hasad kuchga kiradi. (T.Malik) 4.Odam hamisha 
yashiradigan, yashirishga urinadigan illat hasaddir. (T.Malik) 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling