1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Darslik 8-sinf ona tili yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar.
- 34.1-topshiriq .
parishon bo’ldi. Bir yomonlik ikki bo`ldi. Agarda Ahmadning qabohatiga Mahmud
afv mukofotini bersa, ikkisi ham shod-u masrur o`lur hamda Janobi Haq afv qiluvchilarni suyar. O`zi ham afv, mag`firat qiluvchidir. No`shiravon: “Bir gunohkorni afv qilmakdan qanday lazzat olganimni hech kimga aytmayman”, – demish. (Abdulla Avloniy, “Turkiy guliston yoxud axloq”) 34.2-mashq . Matndan olgan xulosangizni 2-3 jumlada ifodalang. 34.3-mashq . Quyidagi so‘zlardan matndagi ajratilgan so`zlarning ma’nodoshlarini aniqlang: yaxshi, maqtamoq, xafa, xushnud, kechirmoq, yomonlik, mag‘rur. Savol va topshiriqlar. 1. Afv nima? 2. Inson o`z ko`ngil xotirjamligi uchun afv afzalmi yoki o`ch olmoqmi? 3. Gunohkor va kechiruvchining ikkalasi ham qaysi holatda xursand bo`lishi mumkin? 4. No’shiravon afv qilmak haqida nima degan? 5. Yana qanday go`zal fazilatlarni bilasiz? 34.1-topshiriq . Afv, xulq, afzal, madh qilmoq, uzr, qusur, masrur so‘zlaridan tavsiya etiladigan so‘zlar asosida ma’nodoshlik qatori hosil qiling: аxloq, tarbiya, odob, adab, xulq, xulq-atvor, yurish-turish, yaxshi, durust, tuzuk, maqtamoq, olqishlamoq, ko‘kka ko‘tarmoq, ta’rif-tavsif qilmoq, kechirim, ma’zur, nuqson, kamchilik, xato, yetishmovchilik, mast, shodon, xursand. 35-dars KESIM. FE’L KESIM VA OT KESIM 35.1-mashq . Matnni diqqat bilan o‘qib, gaplarning kesimlarini va ularning qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalanayotganini aniqlang. HASADGO`YNING MOT BO`LISHI Sheroz shohi Shujo’ning Hofizni yomon ko`rib qolishiga ikki narsani sabab qilib ko`rsatadilar: birinchisi – uning piri murshidi Imodi Faqihning Hofiz tomonidan tahqirlanishi, ikkinchisi – o`zi she’r yozib, shuhrat qozonolmagan shohning rashk-u hasadi. Shoh Shujo’ bir kuni Hofizga tashlanib qoladi: − Sizning biror-bir g`azalingiz mustahkam asosga ega emas: ishqdan so`z ochib, darhol visolga o`tasiz, keyin firoqdan fikr yuritasiz; bir vaqtning o`zida tasavvufga murojaat etib, may xususida she’r aytib, so`ng birdan zohidlarga hujum qilib qolasiz; oxirida dunyoning bevafoligi xususida xulosa chiqarasiz. Bunday rang-baranglik shoirlikda maqbul emas va fasohat qoidalaridan uzoq. Boshdan oxir bir mavzuda bo`lib, badiiy sayqal berilgan g`azal ta’bga muvofiq sanaladi. − Nachora, − deydi unga javoban shoir, − shuncha kamchiliklarga qaramay, mening she’rlarim tildan tilga, dildan dilga ko`chib to`rt tarafga tarqaldi, hatto mamlakatma-mamlakat sayr etib yuribdi. Holbuki, boshqalarning she’rlari har qancha badiiy san’atga boy, fasohat va balog`atda tengsiz bo`lsa-da, shahar darvozasidan tashqariga chiqmayapti. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling