IV.1.Har ko‘ngilnikim vafo maskan qilur, hayo ham qilur va har maskandakim,
ul topilur, bu ham topilur. (A.Navoiy) 2.Burchga sadoqat xarakter gultojidir.
(N.V.Shelgunov) 3.Xushomad sadoqatga mutlaqo yopishmaydi. (E.Rotterdamskiy)
V. 1.Odamiy bo`lsa
vafo andin yiroq, It vafo bobida andin yaxshiroq.
(A.Navoiy) 2. Kimki sadoqat haqida hech vaqt ont ichmagan bo‘lsa, u hech
qachon
ontini buzmaydi. (Aflotun) 3.Vafo qilding, vafo bo‘ldi mukofot. (Xusrav Dehlaviy)
33.2-mashq.
“Fazilatlar gutoji” mavzusida 5 gapdan iborat ikkita matn
yarating. Birinchi matn faqat ega, kesim va holli gaplardan tashkil topsin. Keyingi
matnda bu bo‘laklarni to‘ldiruvchi va aniqlovchilar bilan kengaytiring.
Savol va topshiriqlar.
1. Sodda gap deb nimaga aytiladi?
2. Gap bo`laklarini sanang.
3. Qaysi bo`lak to`g`ridan to`g`ri kesimga bog`lanadi?
4. Aniqlovchi va to`ldiruvchi qaysi bo`laklarga bog`lanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: