32.3-topshiriq.
Uch guruhga bo`lining. Bir guruhda imloviy xato, ikkinchi
guruhda ishoraviy xato, uchinchi guruhda uslubiy xatolar ro`yxatini tuzing.
Xatoning yechimini toping va prezentatsiya (taqdimot) qiling.
5-BO‘LIM
SODDA GAP SINTAKSISI
33-dars
SODDA GAP. GAP BO‘LAKLARI
33.1-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Gap bo‘laklarini aniqlab, tagiga chizing.
Ularning qaysi bo‘lakka bog‘lanayotganini ayting.
1.
Odamlarga achchiq va dag`al so`zlamagin, dag`allik misli olov, kuydirguvchi
yolqindir. 2. Sokin, og`ir, vazmin va muloyim bo`l, faqat yaxshilik qilgin. 3.Tilingdan
yolg`on
chiqarma, bu yolg`on qadringni tushiradi. 4. Qarindoshlarga, yaqinlarga
yaqinlik bog`la, katta va kichikka ochiq chehra bilan kulib boq. 5. Non-tuzingni
keng tut, odamlarga yedir. 6. Bilimlining so`zi
yerga suv kabi zarurdir, suv oqib
tursa, yerda turli ne’matlar unadi. 7. Donolar suvga serob yerga o`xshaydilar,
qayeriga oyoq bosilsa, suv chiqadi.
(Yusuf Xos Hojib hikmatlaridan)
Bilib oling. Bitta shakllangan kesimga ega bo‘lgan gap sodda gapdir.
Sodda gapda to‘liq shakllangan kesim bitta bo‘ladi. Ega va hol to‘g‘ridan to‘g‘ri
kesimga bog‘lanadi. Aniqlovchi ot bilan ifodalangan har qanday bo‘lakka
bog‘lanaveradi. To‘ldiruvchi esa fe’l bilan ifodalangan bo‘laklarga bog‘lanadi.
33.1-topshiriq.
Gaplarni gap bo`laklari bo`yicha tahlil qiling. Sodda va
Do'stlaringiz bilan baham: